Contenuto
Mushfiq Kozimiy "Qo'rqinchli Tehron" Olti mingyillik tarixga ega Eron davlati o'z holicha , odatdagicha kun kechirmoqda. Xoji eshonlarning gapi sud qarori yoki adliya hukmidan ustun , zamindor boylar aysh-ishrat , boyligini yanada orttirish uchun hamma narsaga , har qanday pastkashlikka tayyor , ruhoniylar ham o'z navbatida xalqdan falon narsaga yordam deb pul yig'ishni va o'sha pulni cho'ntakka urishni qoyillatardi . Shunday sharoitda bizning qahramonlarimiz Mahin va Farrux o'rtasida pok muhabbat shakllanib kelardi . Mahinning otasi boyligini yanada orttirishdan boshqasini o'ylamaydigan , sevgi-muhabbat , insoniylik yot bir kishi , Onasi esa o'qish-yozishni bilmagan , duodan boshqasini bilmaydigan , zamonning odatiy ayoli edi . Farrux o'zining jiyani bo'lsada , Mahinning onasi Maliktoj xonim uni kambag'al deb hisoblar va boshqa xislatlariga e'tiborsiz edi . U eri aytgan narsanigina to'g'ri deb bilar edi . Mahinning otasi deputat bo'lishni xohlar va bu yo'lda mahalliy zodagon shaxzoda K.ga suyangan edi . Unda ko'plab yer-mulk va asoratdagi odamlar bor va u shu odamlarning saylovda ovoz berishga ko'ndirish orqali deputat qilmoqchi edi . Ammo ... bir shart bilan : Ular quda bo'lishi kerak . Shaxzoda ham qudratdan keta boshlagan edi va bo'lg'usi qudasining boyligi evazini tiklab olmoqchi edi . Ammo Mahin Farruxni sevadi . Buni otasi onasiga aytsada , ko'ziga pul va deputatlikdan boshqasi ko'rinmayotgan otasi bu sevgiga kuchi boricha qarshilik qilardi . Bu yo'lda ko'p qing'ir ishlar qildi . Qahramonimiz Farrux ham bo'sh kelmadi . Ammo shunday odamga qarshilik qila olarmidi ??? Asar davomida qahramonimiz boshiga ko'p qiyinchiliklar tushdi , uzoq vaqt qiynaldi . Boshiga shu qiyinchiliklarni solgan odamlardan qasd olish uchun ko'p yil vaqt sarfladi . Muallif Farrux taqdiri bilan o'z xalqini uyg'onishga chorlaydi , qadri buyumga teng bo'lgan ayollariga achinadi , ularning taqdiriga kuyinadi . Toki xalq oqni qoradan ajrata olmas ekan bu hol davom etishini ta'kidlaydi va xalqini uyg'onishga chorlab asarni Farruxning tilidan aytilgan shu so'zlar bilan yakunlaydi : "Farzandimni tarbilyalay olsam , shu muhitda buzilib ketishidan saqlay olsam , zamondoshlariday vatan taqdiriga befarq qarovchi tanbal bo'lib qolishiga yo'l qo'ymasam - qurbim yetganicha o'z burchimni ado etgan bo'laman " . Джейсон Коул https://t.me/kitobxonlar_d