Contenuto
#men_tugatgan_kitob Fransuz adiblaridan biri Gi de Mopassanning "Azizim" asarida shunday sòzlar keltiriladi: "U hamma odamlar kabi bir muncha vaqt yashadi, kuldi nimalardandir umidvor bòldi, kimlarnidir sevdi. Endi bólsa hammasi tugadi, butkul barham topdi. Xayot shunday! Yana bir necha kundan keyin uni butkul yòqlik dunyosi òz hukmiga oladi. Olamga kelasan, voyaga yetasan, òzingni baxtiyor sezasan, nimalarnidir ilhaq kutasan, keyin òlib ketasan". Bu jumlalar hayotning achchiq haqiqatlari. Tóğri ayrimlar qaysidir ma'noda lazzatli. Lekin hozir yashab ertaga òlaman deb hech kim hayoliga kelrirmaydi. Bugun borman ertaga yòqman, shuning uchun bugun kimgadir yaxshiligim bilan esda qolay deydiganlar kamchillikni tashkil etsa kerak. Bu asar qaysidir ma'noda òsha davrdagi fransuz jamiyatini kòrsatib bergan asar. Asar tiliga keladigan bòlsak juda ham oddiy hamma tushunadigan. Tòğrisini aytsam jahon adabiyotidagi hamma asarlar ham yoqvermaydi. Bu asar tili soddaligi va voqealar rivoji juda ajoyib tasvirlangan😊😊😊😊.Qisqasi sizlarga ham òqishni tavsiya qilaman😊😊😊😊 Gulandon Abdumurodova