TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #323

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni960Numero di visualizzazioni
Pubblicato11 apr11/04/2020, 07:31
Contenuto del post

Contenuto

⚔️"Kitobxonlar dueli" uchun taqrizlarni qabul qilib oldik. Taqrizlarni ko‘ring,baholang va fikr bildiring. Dastlabki juftlikka Rey Bredberining "Farengeyt boʻyicha 451 daraja" asari berilgan edi. 📈 Kechroq ikkala taqrizdan biriga ovoz berish uchun so‘rovnoma ochiladi. 1️⃣-TAQRIZ 📝Rey Berdberi "Farengeyt boʻyicha 451 daraja" ♨️Asar qiymatini "Amerika fojeasi" bilan taqqoslash mumkin. Roman voqealari markazida oʻt oʻchiruvchi Monteg turadi, asarning boshlanishi kitobni birinchi marta qoʻliga olayotgan kitobxonni ajablantirishi turgan gap. Oʻt oʻchiruvchilar nega oʻzlari yongʻin keltirib chiqarishadi? Mantiq qani? Asardagi voqealar mana shunday bemaʼnilik bilan boshlanadi va shunday davom etadi. Oʻt oʻchiruvchilarning vazifasi kitob saqlanayotgan uyni kulini koʻkka sovurish. 👨‍🏭Qahramonimiz Montegning hayoti shu zaylda betashvish, maʼnosizlikda kechayotgan edi. Dafatan bir yosh, sodda va tiniq fikrli qizning savoli uning fikrlarini toʻzgʻitib yuboradi, savol oddiy, "siz baxtlimisiz?". Mana shu savol Montegga gʻalati tuyuladi va umrida qilmagan ishi - fikr yuritishni boshlaydi. Asar davomida bir narsani tushunasizki, davlat aslida kitobga emas mustaqil fikrga qarshi kurashadi. Maʼrifatsiz insonlar hayotning maʼnosi undan bahra olib, kayf-u safo qilib yashash deb oʻylaydi. 📖Men bir savolni javobini topolmayman, Iogan Guttenberg 1445- yilda kitob bosish dastgohini ixtiro qilganda(bundan oldin ham Xitoyda kitob bosish uskunalari boʻlgan), oʻz kashfiyotining butun ahamiyatini tushunganmikin? Menimcha gʻarb Rennesansning yoyilishida bu ixtironing hissasi beqiyos. Kitoblar qanday mavzuda boʻlishidan qatʼiy nazar badiiy, siyosiy, falsafiy yoki ilmiy-ommabopmi, ong deb ataluvchi saltanatni boyitadi. Tassavur qiling, na Dostoyevskiy, na Tolstoy, na Gyugo, na Balzakning romanlarini oʻqimasak, na Usmon Azim, na Lorka va na Joʻrabek Ramazonning sheʼrlarini oʻqimasak, na Nitsshe, na Shopengauer va na Suqrotning qarashlarini oʻrganmasak, na Bedil-u va na Xayyomning ruboiylaridan zavqlanmasak qanday ahvolga tushamiz? 📍Asar qahramonlari bir necha oʻn yilliklar davomida yuqoridagi yoʻqotishning ekvivalentini boshlaridan kechirishgan va jamiyat tafakkuri nuragan. Ammo asar yakunida oʻt oʻchiruvchi Monteg hammasini tushunib yetadi va qoʻrqishga "arzimaydigan" ziyolilar safiga qoʻshiladi. 2️⃣-TAQRIZ https://m.facebook.com/groups/159059447495836?view=permalink&id=2898039690264451