Contenuto
#men_tugatgan_asar "Imomning maneken qizi" Omina Shenliko'g'li tomonidan yozilgan kitob bo'lib, Qamar kitob do'koniga borganimda sotuvchi yigit maslaxati bilan sotib oldim. Asar avvaliga oddiy syujetdek ko'rinishi mumkin, noqobil farzand mushtipar ota-ona... Asarda e'tiborimni tortgan syujet emas, balki otaning doimo o'zini aybdor sanashi bo'ldi. Asar haqida fikrlarim chalkash. Qiz ishga kirib, bo'shab boshqasiga o'tib model bo'lar ekanu ota-onaning xabari bo'lmas ekan?! Otaku mayli imom, kunining har bir oni masjidda... Biroq onachi??? Kech kelayotgan farzandini nahotki tergamasa? Ona nahot yakkayu-yolg'izi hisoblangan qizi (yana bir o'g'li bor, biroq qiz farzandi bitta) bilan bolaligidanoq do'st tutinmasa? Qizi aytmang desa qanday qilib qizining aytganini aytgan deganini degan desa?! Bu nimasi axir??? Farzandni aybdor qilish oson, biroq farzand dunyoga kelishi bilan yomon bo'lib qoladimi? Farzand bosayotgan qadam alanga olgandan so'ng ona xabar topadimi? Nega ota his qilganini ona his qila olmaydi? Onaning yuragi farzandiniki bilan uyg'un bo'lmaydimi? Balki xato fikrlayotgandirman, balki savollarim noo'rindir. Asarni ana shu savollar qurshovida yakunladim. Ota esa harakat qildi, balki kechdir. Ona qilmaganlarini qilishga urindi, do'st tutinishga yuragidagini bilishga. Fotima (maneken bo'lgandan so'ng Chechak) haqida, imomning qizi. Asar boshidanoq otasini onamning eri deydi. Onasiga ham eringiz deya murojaat qiladi. Nima ahvol bu?! Imomning ham xatolari bor. Aybsiz emas. Biroq doimo xatosini to'g'irlashga harakatda. Xullas, bu kabi asarlar men uchun bo'lmasa kerak. "Yoshlik keksalikning ko'zgusidir. Ko'zgudagi aksdan rozi bo'lmagan kishi, ko'zgudan emas, o'zidan hisob so'rashi lozim." "Insoniylik, bu - haqiqiy go'zallik!" "Hech kim o'ziga qiyinchiliklarni so'rab olmaydi, qizim. Nolimasdan o'sha qiyinchiliklardan qutulishning yo'lini qidirish kerak." "Haqiqiy ishq bu - odamning yor vasliga bir umr intilib yashashdir." "G'azab qanchalik kuchli ko'rinmasin, aslida uning ishi vayronalikdir." "Shunday savollar borki, javobini faqat narigi dunyoda olishingiz mumkin..." "Sen nima, faqat erkaklar xavfli bo'ladi, deb o'ylaysanmi, qizim? Hozirgi paytda erkak yo ayolga eng katta zarar o'z jinsidan keladi." "Zarar ishning qayeridan qaytilsa ham foydalidir. Faqat qaytishni bilish kerak." Mohina Nursaidova @kitobxonlar_d