Contenuto
❓❗️ Savollar bilan tanishing: 1. Rivoyatlardan birida keltirilishicha, shohning yolg‘iz farzandiga folbinlar o‘zlarining butun sir-asrorlarini o‘rgatishadi. Lekin shoh o‘g‘lini sinov qilgach, unga bitta narsa yetishmasligini aytadi. Bu nima? 2. Xirqa ham, janda ham yopinmasdan sipohiylarga o‘xshab kiyinuvchi zohiran boshqalardan ajralib turmaydigan kishilar kim deb atalgan? 3. Asarda Jaloliddin "haqiqat oshig‘i" deya maqtalsa, "haqiqat mashug‘i" deb kim ta’lidlanadi? 4. Bag‘dod shahrini o‘sha zamonda qanday nom bilan atashgan? 5. Bag‘dod xalifasi va uning ayonlari payg‘ambarning "Uch xil vaziyatda farishtalar paydo bo‘ladi" degan so‘zlariga suyanishgan. Uch vaziyat qaysilar? 6. Mavlono ilk she’rlariga qaysi taxallusni yozardi? 7. Rumiy va uning o‘g‘li Valadning o‘rtasidagi she’r yozishdan tashqari o‘xshashlik qanday bo‘lgan? 8. Muroqaba va musohabaning bir-biridan farqi nimada? 9. Qaysi maqomda so‘fiylar umr bir kun, hatto bir lahza deb fikr yuritadilar, ertangi kun tashvishidan butunlay voz kechadilar? 10. O‘sha davrning dindor kishilari uchun tush qanday ahamiyatga ega bo‘lgan? Javoblarni berilgan bir soat ichida bitta xabar(!)da@Mehrinur_mga yo‘llang. Kechikkan va edit qilingan javoblar hisobga olinmaydi. Barchaga omad tilaymiz!🙂 Vaqt: 22:40