Contenuto
🖇 Savollar bilan tanishing: 1. “Shu kunga davr xalq og’zida ikki og’iz xitoy so’zi birisi 1)….., ikkinchisi 2)…. saqlanib qolmishdir. Avvalgisi chong mulla, keyingisi ziyofat uyi demakdir. Savol: qaysi ikki so’z nazarda tutilmoqda? 2. Qur’on hukmlari, asosan, uch ishga to’xtalmish. Mana shu uch narsaga hayot olamida har kimga ega bo’lar ekan, o’z Vatanlarini, butun insoniy huquqlarini bosqinchi dushmanlar hujumlaridan, albatta, saqlay oladilar. Gap qaysi uch narsa haqida ketmoqda? 3. “Agar O’rta Osiyo musulmonlari oz turmushimiz uchun Qur’on hukmi yetarlidur, Qur’on rahbarligi ostida yashovni istaymiz desalar biz buni, albatta, qabul qilishimiz kerak” Ushbu so’zlarning muallifini toping. 4. Qaysi ulug sahobiy musulmonlarni imkoniyat boricha qamoqqa olmaslikka buyurar edi? 5. Islom shariatida ko’pincha qaysi muddatdan ortiq qamoqqa hukm qilinmaydi? 6. “Ma’lumki, dunyoda yashagan har bir kishining eng ayamlik, eng suyumlik besh narsasi bordir”. Savol: Ular qaysilar? 7. Bolsheviklarning Madaminbek bilan tuzgan bitimiga binoan, yerli xalqqa qanday huquqlar berilgan edi? 8. Turkiston xoqonlaridan biri Qoraxon podshohning laqabi qanday edi? 9. “Falonchini xon ko’tardik” atamasi qanday kelib chiqqan? 10. Qishloqni suv bosganda otga minib o’zini to’lqinga otgan qirgiz botirining ismi nima edi? Javoblarni berilgan 30 daqiqa ichida bitta xabar(!)da@Mehrinur_mga yo‘llang. Kechikkan va o‘zgartirilgan xabarlar hisobga olinmaydi. Birinchi va to‘g‘ri javoblar soni ko‘p bo‘lgan ishtirokchi g‘olib sanaladi! Barchangizga omadlar! ⏳ - 21:50 manzilimiz:@kitobxonlar_d