TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #42

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni1,090Numero di visualizzazioni
Pubblicato22 mag22/05/2019, 06:53
Contenuto del post

Contenuto

Ajoyib ingliz yozuvchisi, dunyoga ko'plab qiziqarli asarlar taqdim etgan inson - Artur Igneyshus Konan Doyl 1859-yil 22-mayda Edinburgda dunyoga kelgan. Uning asarlari ko'p martalab ekranlashtirilgan, bundan keyin ham qayta qayta ekran yuzini ko'rishi tabiiydir. Hayoti davomida Doyl ko'plab janrlarda ijod qilib ko'rgan. Eng mashxur ijodi, Sherlok Xolms sikli hisoblanadi. Konan Doyl haqidagi qiziqarli faktlar: - Uning detektivga bo'lgan qiziqishiga Edgar Allan Poening "Zolotoy Juk"i katta ta'sir o'tkazgan; - Konan Doylning otasi ruhiy kasallikdan aziyat chekkan va alkogolik bo'lgan, shu sababdan oila moliyaviy jihatdan ancha qiynalgan. Bir oz vaqtdan keyin u ruhiy kasallar kasalxonasiga tushgan va o'sha yerda umri oxiriga qadar qolgan; - Konan Doylning hayoti boshqacha bo'lishi mumkin edi, biroq boy qarindoshlari uning ta'lim olishiga katta yordam berishgan; - Uning birinchi hikoyasi universitet jurnalida chop etilgan; - Olgan ta'limi bo'yicha Konan Doyl shifokor; - Mototsiklni birinchilardan bo'lib sinab ko'rganlardan hisoblanadi Konan Doyl; - Sherlok Xolmsni vaqt o'tgan sari yomon ko'rib qola boshlaganini muallif tan olgan. Sababi, muxlislari Yana va Yana davomini so'rashgan, Konan Doyl esa o'z navbatida jiddiyroq asarga qo'l urmoqchi bo'lgan. U hatto qahramonni o'ldirgan va muxlislar talabiga ko'ra uni qayta tiriltirgan; - 20-asr boshida Sherlok Xolms va Baskervil iti asarlari chop etilganidan keyin, Konan Doyl dunyodagi eng narxi baland yozuvchilardan bo'lgan. Hozirda huddi shu o'rinda Stiven King turadi; - U uylangan bo'lishiga qaramay boshqa ayolni sevib qolgan va o'sha ayolga oradan 10yil o'tganidan so'ng, ya'ni rafiqasi o'limidan so'ng uylangan; - Konan Doylning eng to'liq biografiyasi uning o'g'li, Adrian qalamiga mansub "Истинный Конан Дойл" asarida ko'rsatilgan.