TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #467

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni3,130Numero di visualizzazioni
Pubblicato25 apr25/04/2021, 12:18
Contenuto del post

Contenuto

​​Yaxshilik yo‘lida Abituriyentlik davrimda uyda dars qilishga qiynalar, ko‘pincha kafelarga chiqib ketib dars qilar edim. Lekin ular asosan taomlanish uchun ixtisoslashgan, mutolaa uchun mo‘ljallanmagan edi. O‘qishga kirgach, Toshkentda shunday dars qiladigan kichik kutubxonalar bordir, degan umidim puchga chiqdi. Axiyri, Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxonaga qatnay boshladim. Lekin u yerda avval registratsiyadan o‘tishga, har kirib-chiqqanda ID-kartani ko‘rsatish, sumkani garderobga topshirish, ruchka-daftarlarni qo‘lda ko‘tarib yurishga to‘g‘ri kelardi. Suvdan boshqa ichimlikni, darslikdan boshqa kitobni olib kirish mumkin emasdi. Shu tarzda, sharoitga ko‘nikib, o‘qib yurdim. Lekin kecha Azon cafe ga kirib, og‘zim lang ochilib qoldi. Ichki interyer shunchaki ajoyib: devordagi polkalarda tematik ajratilgan kitoblar, mutolaa uchun eng qulay bo‘lgan o‘rtacha yorug‘lik, past ovozdagi sokin nashida.. haqiqiy mutolaa muhiti! Har qanday sharoitni yaratib qo‘yishibdi: xushxo‘r ichimliklar, halol taomlar, qulay o‘rindiqlar.. MashaaAlloh, ta'sischilardan, xususan, Mubashshir Ahmad domladan Alloh rozi bo‘lsin... Maqsadga ko‘chsak, men davramizning hurmatli a'zolariga shunday taklif bermoqchiman: o‘zingiz foydalanmayotgan kitoblarni shu kafega keltirsanglar... Sizlar uchun sadaqayi joriya, boshqalar uchun yangi ilm bo‘lib qolar edi. Balki sizdagi kitobni kimdir izlab, topolmay yurgandir... Moida surasi, 2-oyatda aytilganidek, "Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling" @odilxonsarchive