TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
Contenuto del post
Contenuto
#diqqat! #diqqat! Assalomu alaykum, guruhdoshlar! Hali bir uchrashuvning taassurotlari tugamay turib, kitobxonlarning navbatdagi uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yubordik. Facebook ijtimoiy tarmog’idagi “Kitobxonlar davrasi” va “Zamonaviy xorazmliklar” guruhlari hamkorlikda shu yilning 23-iyun (yakshanba) kuni kitobxonlar yig’ilishini Xivada o’tkazmoqchimiz. Ushbu uchrashuvga shu kungacha “Biz bora olmayapmiz, bizga yaqinroq joyda ham uchrashuv tashkillashtiringlar” deb yurgan qoraqalpog’istonlik va xorazmlik kitobxon do’stlarni, shuningdek, ajoyib sayohat va samimiy davra suhbatida ishtirok etmoqchi bo’lgan barcha yurtdoshlarimizni taklif etamiz!