TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #471

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni4,059Numero di visualizzazioni
Pubblicato11 dic11/12/2021, 04:34
Contenuto del post

Contenuto

​​Assalomu alaykum, kitobxon do'stlar! Bundan roppa-rosa 10 yil oldin facebook ijtimoiy tarmog'ida "Siz o'qigan ilmiy va badiiy asarlar" guruhi o'z faoliyatini boshlagan edi. O'sha paytlardanoq kitob ixlosmandlarini bir yerga yig'gan guruh 2017-yilda "Kitobxonlar davrasi" deb qayta nomlandi va har yili 19-dekabrni kitob bayrami sifatida nishonlash odat tusiga kirdi. Guruhda avvaldan bor kitobxonlar onlayn tarzda o'tkazilgan ushbu bayramlarimizni iliq taassurotlar bilan eslashsa kerak. Bu yil 10 yillik yubileyimiz munosabati bilan ushbu bayramni real hayotda nishonlashga qaror qildik. Shunday qilib, shu yilning 19-dekabr yakshanba kuni "Book.uz" kitoblar markazida bo'lib o'tadigan o'ziga xos bayramimizga barchangizni taklif qilamiz. Tadbirimizda sizlarni kitob bilan bog'liq bir-biridan qiziqarli shartlar, nashriyotlarning turli tanlovlari, bir dunyo sovg'alar, eng muhimi kitobxonlar davrasining samimiy suhbati kutmoqda. Guruhimizni tom ma'noda o'zbek kitobxonlarini bir yerga yig'gan dastlabki kitobsevarlar guruhi deya olamiz. Avvalgi uchrashuvlarda ishtirok etganlar tadbirlarimiz haqida tasavvurga egalar. Guruhga yangi qo'shilganlar, sizlar ham davramizda ishtirok eting va o'zingiz uchun yangi bir muhitni kashf eting. Bizda begonalar yo'q, zero bizni kitob birlashtiradi!