Contenuto
Kechagi uchrashuv umuman olganda, yaxshi o‘tdi deb o‘ylayaman. Bir necha shartlar tayyorlagan edik. Tanishuv shartida ko‘pchilikning guruhga kirishiga Sadoqat opa sabab bo‘lganlari ma'lum bo‘ldi. Dildora opa tuzgan savollar yaxshigina o‘yga toldirdi. Undan so‘ng Ma'rufjon aka shart o‘tkazdilar. Otabek akaning shartlarida badiiy adabiyot bilan tanish bo‘lmagan kishilar ham mantiqiy savollarga javob berib, sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Dilfuza ismli qiz shartlar tayyorlashga ancha kreativlik bilan yondashar ekan. Hatto sahnaga chiqqanlarga onalariga qo‘ng‘iroq qildirib, she'r o‘qittirdi. Undan keyin KD ning uchrashuvlar tarixidan lavha tomosha qildik. Viloyatlarda KD uchrashuvlarini tashkil qilganlar taqdirlandilar. Dostonjon akaning shartida o‘zbekchaga o‘girilgan asarlarning tarjimonlarini topishga urinib ko‘rildi. Ko‘p ham kitob o‘qimaydiganlar Sadoqat opaning shartida kinodan olingan suratga qarab film nomini topishdi) Abbos aka "Men kimman" shartida qahramon tilidan o‘zini tasvirladi. "Baxtli raqam" — so‘nggi shart. Random orqali raqami chiqqanlar (deyarli hamma)) kitob olishdi. Tushlikdan so‘ng esa taklif qilingan faxriy mehmonlardan ma'ruza va savollarga javoblar tinglandi. Bu safargi uchrashuvga siyosatshunoslar Kamoliddin Rabbimov va Hamid Sodiq akalar taklif qilindi. O‘ylaymanki, bu uchrashuv ham manfaatsiz bo‘lmadi. Barchaga rahmat! Kitob o‘qing, taqriz yozing, guruhda fikrlaringiz bilan bo‘lishing. @odilxonorifjonov