Contenuto
Google'ga kirib "eng taraqqiy etgan mamlakatlar" deya qidirsangiz, shubhasiz Amerika va Yevropa davlatlari, osiyo yo'lbarslari chiqib keladi. O'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak olamning ilm va taraqqiyot o'choqlari musulmonlar yurtida edi. O'rinli savol tug'uladi. Nega hozir rivojlangan davlatlar qatorida emasmiz? Savolning javobini topishning eng to'g'ri yo'li deb aynan o'sha unutilgan tarixni tiklash, qadim musulmon olimlarining asarlarini o'rganish va o'zbek tiliga tarjima qilish deb hisobladik. Ufqbu — qadimgi musulmon olimlarining asarlarini o‘rganib, o‘zbek tiliga tarjima qilishni qasd qilgan yoshlar jamoasidir. Maqsadimiz yana oramizdan dunyo tan olgan olimlar chiqishiga erishishdir. Unutilgan ufqlarni qayta kashf etamiz! Kanalga ulanish uchun👉t.me/ufq_horizon