TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #52

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni961Numero di visualizzazioni
Pubblicato13 giu13/06/2019, 05:56
Contenuto del post

Contenuto

JЕK LONDON: HAYOT VA IJODI haqida qisqacha Jek London amerikalik yozuvchi, publitsist, jamoat arbobi, mashhur hikoyalar va romanlar muallifi. U yigirma yilga yaqin vaqt mobaynida 200 dan ortiq hikoya, 20 ta roman va 3 ta sahna asari yozdi. Jek Londonning “Shimol Odisseyasi” turkumidagi “Ajdodlar daʼvati” “Oq qoziqtish” qissalari, “Hayot qonuni”, “Hayotga muhabbat” va “Gulxan” nomli hikoyalari ancha mashhur. London nasri aniq va jonli boʻlib, XX asrning koʻplab adiblari, xususan, Xeminguey, Oruell, Meyler, Keruaka ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Ismi oʻzgargan bolakay Jek London (Jon Griffit Cheyni) 1876 yilning 12 yanvarida San-Fransiskoda tugʻilgan. Uning onasi Flora Vellman musiqa oʻqituvchisi boʻlib, astrolog Uilyam Cheyni bilan yashardi. Avvaliga hammasi yaxshi edi. Biroq Floraning homilador boʻlganini eshitgan Cheyni bolani oldirib tashlashni talab qila boshladi. Ayol buni qatʼiy rad etdi, Cheyni turib olgach, chorasiz qoldi va oʻz joniga qasd qilishga urindi. Baxti bor ekan, oʻq uni yengil jarohatladi, xolos. Oʻshanda gazetalar rosa shov-shuv koʻtarib (masalan, “Kronil”da “Tashlab ketilgan ayol” maqolasi bosildi), professor Cheyni nomi badnom qilindi. Alal-oqibat bu Cheynining otalikdan voz kechishiga sabab boʻldi (1899 yili Jek London Cheyniga bir nechta xat yozib, bu masalaga aniqlik kiritishga harakat qilgan, ammo professor uning otasi ekanligini rad etib turib olgan). Flora yosh goʻdagini maʼlum vaqt sobiq choʻrisi Virjiniya Prentissga qoldirib ketgandi. 1876 yilning oxirida AQSHdagi fuqarolar urushi nogironi va faxriysi Jon Londonga turmushga chiqqach, bolasini qaytarib oldi. Oradan sakkiz oy oʻtgan edi. Onasining boshqa kishi bilan turmush qurgani bois, bolaning ism-sharifi Jon Cheynidan Jon Griffit Londonga oʻzgardi. Yaʼni, boʻlajak yozuvchi Jon London deb nomlandi (Jek — kichraytirilgan shakli). Londonlar oilasi San-Fransiskodagi ishchilar hududiga joylashdi. Urush faxriysi Jon London ikki qizini ham olib kelgandi, ularning toʻngʻichi Eliza butun umr Jekning sodiq doʻsti boʻlib qoldi. Jonning oʻzi ham oʻgay oʻgʻlini turtkilamagan, unga mehr koʻrsatib, otalarcha munosabatda boʻlgan. Uch yuz dollar qarz Bu vaqtda mamlakat 1873 yili boshlangan shafqatsiz iqtisodiy boʻhronni boshdan oʻtkazar, yuz minglab odam ishidan ayrilgan, ozgina boʻlsa-da pul ishlash uchun shaharma-shahar izgʻib yurishardi. Jekning oʻgay otasi tezda boyish ishtiyoqidagi xotinining maslahatiga koʻra, bir necha bor fermerlik bilan shugʻullanib koʻrdi va ishi oʻngidan kelmadi. Ularning oilasi muhtojlik tufayli bir joydan ikkinchisiga koʻchishga majbur boʻlardi. Nihoyat San-Fransiskodagi Oklend shahriga joylashib, London boshlangʻich maktabni shu yerda oʻqib tugatdi. Yetishmovchilik tufayli Jek London mehnat faoliyatini ancha erta boshladi. U oʻquvchilik davridayoq tonggi va kechki gazetalarni sotar, dam olish kunlarida kegli oʻynaladigan joyda soqqalarni keltirib berish evaziga pul ishlar, shuningdek, istirohat bogʻidagi pivoxonalarda yugurib-yelib xizmat qilardi. Boshlangʻich maktabni tugatgan Jek oʻn toʻrt yoshida konserva fabrikasiga ishchi boʻlib joylashdi. Ammo bu yerda ish juda ogʻir edi, har qancha harakat qilmasin, oʻsmir bardosh bera olmadi. Natijada fabrikadan ketdi. Shundan soʻng Virjiniya Prentissdan uch yuz dollar qarz olib, kichikroq yelkanli kema xarid qildi va “molyuskalar qaroqchisi”ga aylandi. U San-Fransisko koʻrfazida noqonuniy ravishda mollyuskalar tuta boshladi. Keyin esa ushbu faoliyatiga teskari ish tutdi — baliqchi patrulida xizmat qildi (“Baliqchi patrulning hikoyalari”). Jek Londonning mehnat faoliyati yana davom etgan. 1893 yili u Yaponiya va Bering qirgʻoqlaridan dengiz mushuklarini tutuvchi “Sofi Sazerland” ovchilik kemasiga matros boʻlib yollandi. Birinchi suzish Londonda yorqin taassurot qoldirdi va shu mavzudagi turkum hikoyalari hamda romanlari (“Dengiz boʻrisi” va boshqalar) uchun mavzuga aylandi. https://telegra.ph/Jek-London-hayoti-va-ijodi-haqida-qisqacha-06-13