TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #59

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni655Numero di visualizzazioni
Pubblicato23 ago23/08/2019, 18:27
Contenuto del post

Contenuto

#taqriz_tanlov Ko'zlar! Ulardan har qanday holatni aniqlab olsa bo'ladi. So'zlar ifodalay olmagan tuyg'ularni ko'zlar aytib turadi. Insonning boshqa hech qaysi a'zosida bo'lmagan xususiyat ko'zlarda mavjud. Ko'z bu qalb tilidir. Bola qarog'laridagi mungga hech bir joni bor zot chidolmasa kerak. Nega aynan bola? Bolalarning ko'zi o'zgachami? Ha! O'zgacha. Negadir bolaning ko'ziga beg'uborlik, betashvishlik yarashadi. Lekin Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asaridagi qahramonlarimizning ko'zlarida esa butun olam tashvishini ko'ramiz. To'g'ri yo'l tomon bormiqchi bo'lgan ammo oqibatda oilasi parokandaligiga sababchi bo'lganidan azobda Akbar, jigarlaridan birin ketin ajrayotgan, nimadir qilishga urinayotgan-u ammo uddasidan chiqolmayotgan jabrdiyda Zafar, yoshligiga, g'o'rligiga borib qurbon bo'lgan Zufar, hali onaning etagidan ajramagan, ajraganda esa ayriliqqa chidolmagan qizaloq Nigora. Bular ham bola edi, beg'ubor edi. Bularning ko'zlari hamisha porlab turardi. Bu porlash bir kechada so'ndi. So'nishiga sabab bo'lgan omillar: boylikka ruju qo'yish, oddiy turmushdan chekinish. Asarni o'qir ekansiz boylarning ham hayoti orzu qilarlimasligiga, jinoyatchilarning zanjiri uzundan-uzunligi-yu bir-birga uzviy bog'langanligiga, bu zanjir faqat boylikdan iboratligiga amin bo'lib borasiz. Asarda Akbar obrozi bekorga majruh qilib ko'rsatilmagan. Yozuvchi bu holat bilan "bu bola emas, aslida mana shu boylik ketidan quvgan, kitob odamni jinni qiladi degan, pul uchun bir-birining ko'zini cho'qigan shu quzg'unlar majruh" demoqchi bo'lgan. Asarda Ataulla Isayevich, Akbar, Chig'noq singari bir nechtagina yorqin, ijobiy obrozlar uchraydi. Nega ularning soni kam? Chunki o'g'rilarning atrofida o'g'rilar, to'g'rilarning atrofida to'g'rilar ko'p bo'ladi. Karimovlarning xonadoni qaysi turkumga mansub ekanligi kitobxonga ayon. Akbar ham shu oilaning a'zosi. Nega u ham Zafar singari ota-onasining yo'lidan yurmadi degan savolga ham mutolaa davomida allaqachon javob topilgani tayin. Buning asosiy sababi kitoblar edi! Ha o'sha "miyani aynitib, jinni qiladigan" kitoblar. Akbarning qalb ko'zini ochgan, oq-qorani tanitgan, vijdonini uyg'otgan ham o'sha kitoblar edi. Bunda muallimning ham hissasi katta, albatta. Asar bilan tanishib borarkansiz poraxo'rlar, chayqovchilar, qalloblar ko'p ekanligi, faqat ko'zimizga ko'rinmasligini bilib olasiz. Ilgari bir-ikki ko'zingiz tushganda "guruch kurmaksiz bo'lmasa ekan-da" degan bo'lsangiz, asardagi qahramonlarni o'qib "guruchdan kurmak ko'p ekan-kuuu!" deysiz. Xudoyberdi To'xtaboyevning bolalar yozuvchisi ekanligi ma'lum. Shu sababdan ham ushbu asarda ham bola psixologiyasini so'z orqali rasmdek chizib bergan. Avvalo, asar bola tilidan hikoya qilinganligi, bola soddalarcha tasvirlab berayotgan hatti-harakatlar aslida fojea ekanligi kitobxonni o'ziga jalb qiladi. Bola hech qachon ota-onasidan nafratlanmaydi. Nafratlanolmaydi . Akbar ota-onasidanmas, ular qilayotgan jinoyatlardan nafratlanardi. Bir kuni oilasi mana shunday parokanda bo'lishidan qo'rqardi. O'zi sabab bo'lib qolish esa yetti uxlab tushiga kirmagandir. Qarindosh akamlar ichib o'tirishgandi. Buni ko'rib tilim qichidi-da, dinda ichganlar haqida nima deyilganini ayta boshladim. Gapim ohiriga yetmay og'zimni yopishdi. Gapirtirishmadi. Bu nima deb ataladi bilasizmi? Bu odam o'z-o'zidan qochishi. Ayb ish qilayotganligini bila turib o' zini aldab yana qilaverish. Akbarning ota-onasi ham xuddi shunday qildi. Akbarning og'zini yopishaverdi. Bolam uchun-ku, oilam uchun-ku deb vijdonlarini tinchilantiraverishdi. Oqibatda hamma jabrni aynan mana shu bolalar tortishdi. Yemoqning qusmog'i bor. Ammo eng ko'p qusganlar ham shu bolalar bo'di. Qush inida ko'rganini qiladi. Zafar ham ota-onasining "kasbi" ning mohir ustasi bo'lishi mumkin edi. Ammo bu yo'ldan qaytishi uchun anchagina "badal" sarf etildi. Qancha ko'rguliklar ko'rishiga to'g'ri keldi. Ammo oxiri anglab yetgani tillolardan qadrli bo'lgan to'g'rilik bo'ldi . Insonni yanchib tashlash mumkin ammo yengib bo'lmaydimi degan shu bo'lsa kerak. Zafar yengilmadi. Zafar qozondi... Laylo Eraliyeva h