Contenuto
#tugatgan_kitoblarim_royxati ( 16- qism) 47. Alisher Navoiy “ Xamsa” bu turkumga kiruvchi doston o’ziga xos maroqli va ajoyib asarlar.Bu turkiy tildagi asar hisoblanadi. Birinchi dostoni Hayratul abror dostonida alohida insondagi qusurlar va xususiyatlar haqida alohida hikoyatlar kiritilgan. Ikkinchi dostoni Farhod va Shirinda ikki sevishgan dil haqida bo’lib, Farhod Shirinni qo’lga kiritish uchun kurashgan sarguzashtlari haqida. Bu dostonda komil inson urg’u berilgan. Uchinchi doston Layli va Majnun ayanchli sevgi qissasi haqida. Unda sevgi uchun cho’lga chiqib ketgan Majnun nomini olgan Qays taqdiri yoritilgan. To’rtinchi doston Sabayi Sayyor dostoni esa qadimdagi afsonaviy hukmdor Bahrom Go’rning sevgisi kuylangan. Oxirgi dostoni Saddi Iskandariy bo’lib unda Iskandar qurdirgan devor afsonasi kuylanadi. Bu takrorlanmas ajoyib asar. 48. Z. M. Bobur “ Boburnoma” bu asar sifatida qabul qilinishi kerakligi sababi avtobiografik asar hisoblanib, o’zini boshidan o’tgan voqealarni tasvirlagan. Unda oddiy sodda tilda yozilgan. Asarning ko’p joylarida tasvirlashni ajoyib olib borilgan. Yana tarixiy jarayonlar ko’p keltirilgan. Asarda askarlarini sovuqda qoldirilishini hohlamay o’ziga chuqur kavlagani tasirli voqea. Bu asarnig ahamiyati ko'p ijtimoiy gumanitar fanlar uchun muhim manba hisoblanadi. 49. Muqimiy “ Tanobchilar” bu to’plamda Muqimiyning eng sara she’rlari o’rin olgan. “ Tanobchilar” she’rida eng insofsiz yer o’lchab tanobona solig’ini belgilovchi ikki tanobchi haiqda, “ Maskovchi boy ta’rifida “ she’rida esa o’zicha boylarga o’xshamoqchi bo’lgan boylar kulguga olingan. “ Saylov “ she’rida esa soxta va xalqqa qiyinchilik tug’dirgan marosim – saylov haqida satirik she’r yozgan. Muqimiyni oz’bek adabiyotida yengil kulgu va yumoristik she’rlarni olib kelganilk shoir deb bilaman. Elbek Hamrayev Kanal: @kitobxonlar_d