Contenuto
#JEK_LONDON #MEN_ANGLAGAN_HAYOT XIX asr oxiri XX asr boshida yashab, ijod etgan amerikalik yozuvchi Jek London garchi qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, uning yaratgan asarlari – xoh roman, xoh hikoya bo‘lsin – hamon adib nomini qalblarda yashashiga hissa qo‘shmoqda. Bugungi kun kitobxonlari JEK LONDON va MARTIN IDENni deyarli bitta odam deb hisoblashga ko‘nikib ketganligi ham buning yaqqol isboti (“Marten Iden” adibning yirik va mashhur romani hisoblanadi). Adibning bolaligi og‘ir mehnat ostida, o‘smirligi har xil tirikchilik ilinjida, yigitlik damlari esa ayni ijodiy kamolot davri bilan o‘tgan. Jek London o‘zi qayd etganidek: “Mana, yoshim o‘ttizdan oshibdiki, qaytadan o‘smirga aylanib qolishni istayman, negaki o‘smirlik lazzatlaridan bahramand bo‘lishi menga nasib etmagan…”. Aynan ana shu hayot qiyinchiliklari, o‘smirligidanoq tirikchilik tashvishlariga duchor bo‘lishi vaqti kelib unda mukammal iste’dodning shakllanishiga, kuchli iqtidor egasining ulg‘ayishiga turtki bo‘ldi. Jek Londonning ko‘plab hikoyalarida asosan, Shimol haqidagi mavzu ustunlik qiladi. SHIMOL xalqlari, tabiati, jonivorlar hayoti anchayin tiniq va jozibali tasvirlanganidan, go‘yo kitobxon ham o‘sha joyga, o‘sha muhitga tushib qolganday sezadi o‘zini. Jek Londonning “MEN ANGLAGAN HAYOT” nomli esse-hikoyasi Amerikaning haqiqiy XIX asr so‘ngidagi mehnatkash aholisining og‘ir ahvolini o‘quvchi ko‘z o‘ngida namoyon qiladi. O‘sha davr fojialari, og‘ir muhit, ishsizlik, qashshoqlik, kam sonli aholining qo‘lida to‘plangan ulkan moliya manbasi sabab qolgan butun bir mamlakat aholisi tanasidagi quvvat, bilagidagi kuchini sarflab, ular uchun “QULDAY” ishlashga mahkum etilganligini yozuvchi og‘ir qayg‘u bilan qalamga oladi. Asarda keltirilgandek oddiy xalqning ahvoli hech ham havas qilarlik darajada emasdi. Chunki ISHSIZLIK, QASHSHOQLIK va OCHLIK doimo yonma-yon yurardi. Asar qahramoni aytganidek: “Bu yerdagi hayot ruh uchun ham, tana uchun ham QABIHLIK va BAXTSIZLIKdan o‘zga narsani ravo ko‘rmasdi sira, vaholanki qashshoqlik iskanjasida ruh-u tana-da barobar holda ochlikdan sillasi qurib, beayov azoblanmoqda edi”. Asarda adib hashamatli yashovchi boylar orasiga kirishga intilayotgan yigitchaning hayotini tasvirlaydi. Unda, nima qilib bo‘lsa ham badavlat, beg‘am yashashga bo‘lgan intilish kuchli edi. Yigitcha shuni anglab yetadiki, inson qancha ko‘p ter to‘ksa, u shuncha boyib ketadi, ana o‘shanda uning tirikchiligi ham binoyiday sharoitda bo‘ladi… Bu afsuski, boy qatlamning oddiy xalqni “yaxshi yashash uchun tinim bilmay ishlash kerak, shunda boyib ketish mumkin”, deya aldovlarga ko‘mib, ularning mehnatini shafqatsiz ekspluatatsiya qilishi natijasi edi. Bu fikrlar keyinchalik fashistlar konslagerlari kirishiga yozib qo‘yilgan “Mehnat insonni ozodlikka olib chiqadi”, degan soxta shiorning asosi edi, go‘yo. Buni qarangki, yigitcha tinim bilmay mehnat qilsa ham hech biri ikki bo‘lmay, atrofini o‘rab turgan OCHLIK, YUPUNLIK va MISKINLIK balosidan hech ham qutulib ketolmaydi. Tanlagan yo‘llari doimo mushkulliklarga to‘la, ularni yengib o‘tish deyarli imkonsiz edi, aslida. Asar qahramoni o‘zini biznesga urib, undan yana bir hayotiy haqiqatni anglab yetadi: “Haqiqiy biznes go‘yoki qarzi borday odamzotning bor mulkini YULG‘ICHLARCHA tortib olarkan, XOINLARCHA ISHONCH bilan yoki orqasida turgan senator va oliy sud boshliqlarining yelkalariga suyangan holda ishda tutarkanlar.” Mana sizga jamiyatning ahvoli! Inson qadri esa naqadar yerga urilganiga guvoh bo‘lasiz va yashash uchun kurash hech qachon oson bo‘lmasligiga yana bir bora amin bo‘lasiz. Biznesdagi omadsizlik, pul dardidagi kimsalar sabab o‘lim bilan yuzlashish, og‘ir mehnat tufayli kuchdan qola boshlashlik sabab yigitcha yana bir hayot haqiqatini anglab yetadi: “Hayotning yana bir haqiqati shu ekan, ko‘zlarim bu haqiqatga ters qarayolmadi. OMADSIZLIGIM va BAXTSIZLIGIM oqibat o‘z orzularimga xiyonat qilishga, ulardan yuz o‘girishga majbur etdi.” O‘sha davrdagi og‘ir turmush sabab amerika jamiyati bozorga aylanib qolgandi. Sababi hamma bozorda va bu bozorda INSON NAFSONIYATIGACHAsotilar edi. Adib o‘z ko‘zi bilan ko‘r