Contenuto
ib, qalamga olgan HAYOT – misoli faqat sotiladigan mollar do‘koniga o‘xshab qolgandi, hamma odamlar sotishar va sotib olishar edi. Shunga monand qora ishchining ham ahvoli og‘ir va u tayanadigan yagona narsasi bilakdagi kuchi edi. Ammo qora ishchining muskullari inqirozga uchragan on unda hayot nishonasidan hech bir belgi qolmas, BEMAJOL VA BEHOL ruhda jamiyatning o‘sha chirkin yerto‘lasiga yiqilib tushib, BAXTIQARO holida jimgina o‘lib ketaverardi. Mana achchiq qismat, alamli taqdir… Muallif o‘z asridagi jinoyatlar, o‘z jamiyatidagi qabihliklardan qattiq ranjiydi. U hammaning tengligini xohlagandi. Ammo hayot sinovlarida har kim har xil odamga aylanib qolaverardi. Zero, hamma joyda ahvol shu edi: JINOYAT va XIYONAT, XIYONAT va JINOYAT – jo‘shqin odamlar bor edi-yu, ammo ular chinakamiga na POK va na OLIJANOB edilar, illo pok va olijanoblari esa jo‘shqin va haqparast emasdilar. O‘rtada notavon ulkan olomon ham turardi, ular na OLIJANOB va na JO‘SHQIN edilar, oz-moz HALOL edilar, xolos. Jamiyatda halollik degan tushunchaning, aslida esa bu tuyg‘uning inqirozi yetilib ulgurgandi. Mana sizga bir kam dunyoning bemaza qiliqlari… Bizga o‘zi nima kerak? Nima yetishmaydi bizga? Biz anglagan, xohlaydigan hayot qanaqa aslida? Adib tili bilan aytganda – “Vaqti kelib biz yaratadigan qasrda aslo chirik hayot sarqitlari, tiriklayin yerga ko‘milgan jonlar nolasi, vahshatli xudbinlig-u badbin tushunchalar hukm surmaydi. Biz eng avvalo zax yerto‘lalarni yaxshilab tozalaymiz va u yerda ODAMZOT uchun yangi bir yashash makonini yaratamiz, u makonda hech qanday hasham, hech qanday jimjimali bezaklar bo‘lmaydi, hamma xonalari musaffo va charog‘on bo‘ladi, biz nafas oladigan havoda esa POKLIK, OLIJANOBLIK, HALOLLIK harorati ufurib turadi hamisha. AXIR CHINAKAM HAYOT NAFASI SHUNDAY BO‘LMAYDIMI?” Mana, bu yozuvchi anglagan hayot, bu men anglab tushungan hayot va muhimi bu SIZ, AZIZ KITOBXON anglab yetadigan achchiq hayot haqiqati. Zero, tinch va osuda, pok va halol yashash har bir qalbi toza insonning orzusi, bu hayotga yetisholmaganlarning armoni… Shu tufayli ham Jek Londonning hamma asarlarida MEHNATSEVARLIK, QAHRAMONLIK, FIDOYILIK bilan bir qatorda SADOQAT VA MUHABBAT tuyg‘ulari ham tarannum etilganligi adib asarlarining badiiy bo‘yog‘ini, adabiy qadrini yuksaklarga ko‘taradi. Zero, mana shu insoniy tuyg‘ular haqiqiy hayot qadriyatidir, albatta. Dostonjon Tojiyev Kanal: @kitobxonlar_d