TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #72

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni424Numero di visualizzazioni
Pubblicato2 set02/09/2019, 07:01
Contenuto del post

Contenuto

#taqriz_tanlov Inson hayotining ko'p qismida bo'lib o'tgan voqealar uning ko'zlarida zohir bo'ladi deyishadi. Haqiqatdan ham shunday! Hayotdagi quvonch-u tashvishlarni ko'rib, barchasiga emotsiya bildirish inson harakatlari va ayniqsa ko'z qorachiqlari namoyon bo'ladi. Yoshlikda inson ko'zi deyarli quvonchdan porlaydi deymiz, aslida esa hayot bir tekisda ketmaganidek yoshlik quvonchlari ham silliq ketmaskan. Buning isbotini "Mungli ko'zlar"dagi Akbar orqali ko'rishimiz mumkin. To'g'ri, bu badiiy asar deyishimiz mumkin, ammo asarlarda ham hayotiy haqiqat borligi barchaga ayon. Ko'p ko'rganmiz, aksariyat boy oilalarning farzandlari hayotidan mamnun, xayollaridagi barcha istaklari ro'yobga chiqqanidan g'oyatdan sarmast bo'lib yurishadi. Ular uchun imkonsiz narsaning o'zi yo'qdek. "Mungli ko'zlar"da ham yozuvchi shunday bolalar holatini ochishga harakat qilgan. Zafarning maktab direktori bilan munosabatlarida sinfdoshlari orasidagi "boylikdan g'ururlanish" holati, ota-onasining "kazo-kazo"lar bilan yeydigan gaplaridan masrurlik jarayoni, yoki Zufarning militsionerga taklif etgan porasi shu holatga yorqin misoldir. Bolalar bu boyliklarning qay yo'sinda kelganini bilishsa ham, ota-onalariga bo'lgan muhabbatlari hech so'nmaydi. Ammo Akbar bunday emas. U ota-onasini yomon ko'rardi degan fikrdan yiroqman. Shunchaki, u ota-onasining harakatlari xato ekanligini bilardi va ularning ishidan nafratlanardi. Zafar esa, bu holatni oddiy jamiyatning aylanma harakati ekanligiga ishonardi. Ota-onasining qamoqdan chiqishi uchun Zafarning barcha boyliklardan kechishga tayyorligi va aksincha Zufarning Volgadan voz kechmoqchi bo'lmagani aka-ukalar o'rtasidagi oilaviy tushunmovchilikka bir misol. Akbarning ukalaridan boshqacha fikrlashiga esa ustozi Atoulla aka va uning oilasidagi halol muhit, uning o'qigan kitoblari sabab. Oila fojeasiga sabab ko'pincha jamiyat va undagi muhit sabab deymiz , aslida-chi? Manimcha, bu oila fojeasiga sabab jamiyat muhiti emas, er-xotinning boylikka bo'lgan ishtiyoqlari. O'z harakatlarini farzandlarimiz kelajagi uchun deb tinimsiz vaj qilishlari esa shunchaki o'zlarini farzandlar oldidagi "oqlash" bo'lib qolaveradi. Oqibat nima bo'ldi? Bu boyliklardan nafratlangan Akbar taqdiri kimni jumbushga keltirmadi? X.To'xtaboyevni bolalar yozuvchisi deb bilardim shu vaqtgacha. Lekin asarni tugatgach, faqat bolalar emas, kattalar ruhiyatini ham sinchkovlik bilan o'rganganiga guvoh bo'ldim. Asarda bir oila taqdiri misolida qo'ni-qo'shni, aka-uka, opa-singil, aka-singillar va hatto bojalar munosabatlari pul, boylik orqali qay tarzda o'zgarishini guvohi bo'lasiz. Singlisi boshiga tushgan musibatdan o'z manfaati uchun foydalanishi odamning nafratini uyg'otsa, ammasi va uning eri g'amxo'rligi dunyoda yaxshi jigarlar borligini isbotlaydi. Asar yozilganiga necha yil bo'lgan bo'lsa-da, O'sha vaqtda ham, hozirda ham dolzarb bo'lgan korrupsiya, aldov va chayqovchilik, birovlar mulkiga ko'z olaytirish kabi illatlar dolzarbligi-yu, jazo muqarrar ekanligini yo'qotgani yo'q... Halol mehnat va uning ortidan farzandlar quvonchini ko'rib yurishdan hech kimni adashtirmasin. P.s-1. Ba'zi joylari sal bo'rttirilgan, ammo asarning qimmatini bu narsa yo'qqa chiqarolmaydi😊 P.s-2. Bu asarni ancha yillar avval onamlar tavsiya qilgandilar. Tanlov bahona o'qivoldim. 😍 Nigora Xon