TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #74

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni408Numero di visualizzazioni
Pubblicato2 set02/09/2019, 09:00
Contenuto del post

Contenuto

​​#taqriz_tanlov Bugungi kun o'zbek adabiyotida bolalar yozuvchilari haqida gap ketsa, yoshu katta birdek Xudoyberdi To'xtaboyev va uning "Sariq devni minib" asari qahramoni Hoshimjonni yodga olsa kerak. Hoshimjon o'z sarguzashtlarida doim bolalarcha o'yinqaroqlik, qiziquvchanlik, hayolparastlik bilan o'z orzularini ro'yobga chiqarishga, muammolarini hal qilishga uringan bo'lsa, adibning "Mungli ko'zlar" asari qahramonlari bo'lmish Zafar oilasi boshiga tushgan musibatlarni yengishda, Akbar esa nafaqat o'z oilasi, balki imkoni bo'lsa butun bir jamiyatning muammolari bo'lmish yolg'onchlik, adolatsizlik, ochko'zlik, haromdanda hayiqmasdan boylik yig'ish talvasasi kabi illatlariga qarshi bolalarcha ishonuvchan, beg'ubor, soddadil bo'lgani holdagi kurashini o'zida aks ettirgan (ishonuvchan bo'lmasa Zafar Qozi xolasiga tilxatni shunday berib yuborarmidi, yoki Akbar sodda bo'lmay turib o'z ota-onasining jinoyatlarini fosh qilgan holda, ularni qamoqqa olinmasligini so'rarmidi). Asar bosh qahramonlari Zafar hamda Akbar misolida huddi turli yoshdagi kitobxonlarga alohida noma yo'llanganday, ya'ni: -Zafar va uning boshdan kechirganlari misolida o'zi tengqur bolalar, maktab o'quvchilariga hayotda halollik, mehr, muhabbat, do'stlik, oqibat kabilar barcha narsadan ustunligini, bu tuyg'ularga har qancha pul, boylik, mansab, amal bilan ham erishib bo'lmasligi yoki yo'qotganda molu dunyo ularni aslo qaytarib bera olmasligini ta'kidlansa; -Akbar obrazi esa kattalarga, ota-onalarga qarata: "Biz bolalarga dang'illama uy, qator-qator mashinalar, zeb-ziynatlar emas, sizlarning bir og'iz shirin so'zingiz, doimiy e'tiboringiz, mehringiz butun dunyo boyliklaridanda ustunroqdir" deya nola qilayotganday. Bundan tashqari asarni o'qish davomida ba'zi joylarini hisobga olmasa, voqelar huddi bugungi kun hayotiga ham juda mos kelishi, asar voqealarida milliylik, odamgarchilik va boshqa o'zbekona elementlar mohirona qo'llanilgani o'quvchilarni asarni yanada qiziqib o'qishlariga sabab bo'la oladi. Asardan "Akbarning ota-onasini chaqib berishi barcha muammolarga sabab bo'lgan, doim ham rost gapirish kerak emas, yolg'on ham ishlatib turish kerak" degan xulosa chiqarish emas, aksincha Zafar tushunib yetgan haqiqatlar - adolat, halollik, do'stlik, mehr-oqibat - barcha narsadan ustun hamda jamiyatdagi Akbardek bolalar tushib qolishi mumkin bo'lgan muammoli vaziyatlarni ildizi bilan quritishga xizmat qilgan bo'lardi degan xulosa chiqishi mening nazarimda adibning asosiy maqsadi edi. Behzod Xandamov