TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #80

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni487Numero di visualizzazioni
Pubblicato3 set03/09/2019, 07:42
Contenuto del post

Contenuto

#Taqriz_tanlov #Men_tugatgan_kitob Bir kunda boyib ketishni xohlagan, bir yilda osiladi ( Leonardo da Vinci). Inson yaralganidan boshlab ezgulik bilan yovuzlik, yaxshilik bilan yomonlik, haqiqat bilan yolg'on o'rtasida doimiy kurash bo'lib kelgan. Odamzotda u yoki bu yo'lni tanlashi uchun har doim tanlov bo'ladi, qaysi bir yo'lni tanlash esa uning tarbiyasiga, dunyoqarishiga, atrofidagi insonlarni ta'siri kabi bir qator omillarga bog'liq. Bolalar adabiyoti yo'nalishida xalqimizning haqiqiy ma'noda yetakchi adibi hisoblangan Xudoyberdi To'xtaboyevning "Mungli ko'zlar" asari ham yaxshilik va yomonlik o'rtasida dahshatli kurash, qabih illatning bir oila taqdiriga fojeaviy ta'siri haqida bayon qilinadi. Asar o'n olti yoshli Zafar Karimov tilidan hikoya qilinadi. Uning ota-onasi dastlab halol mehnat bilan bolalarini tarbiyalashni boshlagan, lekin ular atrofida yig'ilgan hamma narsani pul bilan o'lchaydigan, inson oliy tuyg'ularidan butkul begona bo'lgan Samadov, Muhammedov kabilar ularning to'kis hayotlariga zomin bo'lishdi. Ishga kirganidan buyon hamma ishni pora berib, pora olib bitirib yurgan Said Karimovning oyog'i yerdan uzilib, hatto gunoh ish qilayotganini ham unutdi, bolalari tarbiyasini ham hayoldan chiqardi, go'yoki bolalarim kelajagi yaxshi bo'lish uchun shu ishlarni amalga oshiryapman deb, amalda farzandlarini mehnatdan uzoqlashtirdi, harom bilan halolni, yaxshi bilan yomonni farqlay olmaydigan qilib qo'ydi. Undagi yaxshi fazilatlar o'rnini ichkilik, maishatbozlik, hiyonat kabi oila ko'zgusini darz ketkazidigan qusurlar egalladi. Mos ravishda, uning ayoli Yoqutxon ham boylik deb atalmish, tubsiz jarlik tomon bolalarimni baxti uchun qilyapman deb qadam qo'ydi. Boylikka shu qadar mehr qo'ydiki, hamma narsasini yo'qotganda, birga ziyofotlar yeb yuradigan, undan sovg'a olib, ishlarini hal qilib yuradigan, topganiga oshno "do'stlari" voz kechganini o'ziga sig'dira olmadi, farzandlarim tirikku deb o'ziga tasalli berish o'rniga, mol-u davlat ko'yida boqiy dunyoga rihlat qildi. Qush uyasida ko'rganini qiladi deganlaridek farzandlar mana shunday muhitda balog'atga yetib, boylikni har narsadan ustun, pul bilan har qanday ishni amalga oshirsa bo'ladi degan hom hayollarga berildi. Shu sababli taqdirning ayovsiz zarbasiga dosh bera olmay, oila batamom parchalanib ketdi. Asar qahramoni ham ancha paytgacha oq-u qorani ajrata olmay, kim do'st, kim dushman ajrata olmadi. Onasi, akasi, ukasini qabrga qo'ygan bo'lsada, ko'zi, qalbi boylik ishqida yondi, pullarini tortib olganlardan qasos olish payida bo'ldi. Bu harakatlari bilan, mavhum turgan kelajagiga ham ma'lum ma'noda bolta urdi. Asar so'nggida ahloq tuzatish maskanida yotgan holda hamma qilgan xatolarini, yomon ishlarini taroziga solib, nohaqligini tan oldi, kelajagini halol turmush bilan o'tkazishni, haqiqat uchun kurashishni maqsad qildi. Poraxo'rlik har doim jamiyat rivoji uchun, odamlarning to'kin turmushi uchun havf soladigan dahshatli kuchdir. U jamiyatning qon-qoniga singib ketgan bo'lsa, bu davlatni tanazzulga yetaklaydi. Kichik do'konchidan, huquqni himoya qiladigan tashkilot boshlig'igacha poraxo'rlik botqog'iga botgan jamiyatda yovuzlikni kuni tug'adi, inson o'z nafsini quliga aylanadi, halollik anqoning urug'iga aylanadi. Asarni o'qish jarayonida har xil vindonli, vijdonsiz qahramonlarga duch kelib, o'quvchi o'ziga kerakli xulosani oladi. Yozuvchining asl maqsadi ham - yomon illatlar: boylikka hirs qo'yish, tamagirlik, odamlar haqqini yeyish, insonga hech qachon mutloq baxt bermasligi, aksincha inson boshga bitmas-tuganmas azob-uqubat olib kelishini tasvirlash bo'lgan bo'lsa ne ajab. Ota-onaning azobda ekanligi, hech bir farzand uchun yoqimli holat emas. Bu holat ularning qalbini armon-alamga, ko'zlarini mungga to'ldiradi... Артиков Рустам