Contenuto
'O'tkan kunlar' haqida Avvalo, unutmaslik kerak, asarning maqsadi Otabek ham, Kumush ham va yo Zaynab ham emas. Balki o'sha davrdagi siyosiy johillikni ko'rsatish. Ammo tuyg'u masalasi qiziqarliroq bo'lsa, aytishim mumkinki, asarda biror obraz idealga yaqin kelmaydi. Yaxshilab o'qisangiz ba'zi e'tibor bermagan joylarimiz ko'rinadi. 1. Hammasi Hasanalidan boshlandi. O'zbek Oyim Otabekni Hasanaliga ishonib Marg'ilonga savdo ishiga jo'natadi. U esa, bekasining fe'lini bila turib, Kumushga sovchi bo'lib boradi. Va Kumushning Toshkantga bormasligi shartiga ko'nadi. 2. Kumush onasiga agar Zaynab menga kundoshlik qilaversa, Otabek uning javobini berarkan, agar men Marg'ilonga qaytib ketsam, u hech qachon bunday qilmaydi qabilida so'z aytadi. Demak, Kumush Zaynabning ketishini xohlaydi. 3. Otabek Zaynabni Kumushning ustiga olishiga sabab uning ota-ona rayiga qarshi chiqa olmas darajada tarbiyali ekanligi qilib ko'rsatiladi. Qiziq, ota-ona ruhsatisiz notinch bir vaziyatda Marg'ilondan butun boshli xotin olganda o'sha tarbiya qayerda edi? Bunaqa faktlarni boshqa obrazlar haqida ham ko'p sanash mumkin. U davrda qizda turmush o'rtoq tanlash huquqi bo'lmagan. Ammo turmushni saqlash uchun kurashish majburiyati bo'lgan. Zaynab o'zining fikrlash imkoni qadar kurashdi. Haqlilik masalasiga kelsak, Otabekning muhabbatiga ikkalasi ham haqli edi. Men aybdor bo'lsada faqat Zaynab uchun yig'laganman. Kumushdan arazlaganman. Otabekni esa, ko'rgani ko'zim yo'q... Nima bo'lganda ham fikrlashga undagani uchun asar qimmatli. Chaman Jonuzoqova Kanal: @kitobxonlar_d