TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)
Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal) avatar

TGINSIGHT POST

Post #93

@kitobxonlar_d

Kitobxonlar Davrasi (rasmiy kanal)

Visualizzazioni479Numero di visualizzazioni
Pubblicato10 set10/09/2019, 17:43
Contenuto del post

Contenuto

📚 Ulug'bek Hamdamning "Sabo va Samandar" romanidan 📚 * Faqat muhabbatgina insonga quyoshga yuzlanib turish jasoratini, undan bahra olish huquqini beradi... * Muhabbat kishiga baxt keltirishi kerak, yo'qsa, aql-idrokka suyanib undan voz kechiladi. Axir, ikki kishi sevsa-yu, bu tuyg'u ularga faqat kulfat, g‘am keltirsa, buning nimasi yaxshi? * Xayoliy husningni ko'rmayin deya, Xushimdan ketdim... Ayt, o'zing nechun men vaslingga yana Tushimda yetdim... * Orzu qilmaslikdan qo'rqardim bir vaqt, Endi orzulardan qochgim ko'p yiroq. Ishqsiz hayot yo'qdir, derdim men faqat, Endi ishqning o'zi qotildir ko'proq... * Muhabbatim yo'llari Bunchalar chigal bo'ldi. O'ylab ko'rsam, taqdirim Shu yo'llarda hal bo'ldi. Yuraberib ulardan O'rgimchak to'r etibman. Qandoq qilay, ichida O'zim qolib ketibman... * Misralarga, so'zlarga, Ohanglarga joylanib. Ulug' o'lmas ma'noni, Aytib-aytib yasharman. O'lib ketsam, qayg'urmang, Mendek yuragi yoniq, Odamlarning qalbida, Qaytib-qaytib yasharman!.. Kiyishjon Alimova