TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Swift Academy
Swift Academy avatar

TGINSIGHT POST

Post #233

@swift_academy

Swift Academy

Visualizzazioni234Numero di visualizzazioni
Pubblicato15 apr15/04/2025, 11:16
Contenuto del post

Contenuto

💡 iOS dasturlashda Memory Leaks — tushunish va bartaraf etish. Memory Leaks — bu dastur tomonidan ajratilgan xotira (allocated memory) qachonki u kerak bo’lmay qolganda ham ozod qilinmay qolishi holatiga aytiladi. iOS-da Swift va Objective-C tillari Automatic Reference Counting (ARC) mexanizmidan foydalanadi, bu mexanizm obyektlar uchun xotirani avtomatik boshqaradi. Ammo, noto’g’ri ishlatilganda “reference cycle” yoki “retain cycle” deb nomlangan holatlar yuzaga kelishi mumkin, bu esa xotira sizishlariga olib keladi. ARC qanday ishlaydi? ARC har bir obyekt uchun reference count (havolalar soni) yuritadi. Obyektga har bir havola yaratilganda, uning reference count’i oshadi. Havola o’chirilganda, reference count kamayadi. Qachonki reference count nolga tushsa, obyekt xotiradan ozod qilinadi. Biroq, agar obyektlar bir-biriga uzluksiz havola qilib qo’ysa (circular reference), ularning reference count’i hech qachon nolga tushmaydi va xotiradan ozod bo’lmaydi. To'liq bu yerda o'qishingiz mumkin. 👥 Do‘stlaringiz bilan ulashing va fikrlaringizni izohlarda qoldiring! 💬 📌 Obuna bo‘ling va bog‘laning: 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium