TGINSIGHT CHAT
Swift Academy
@swift_academy
IstruzioneSwift Academy - IT o’quv markazi YouTube Channel : https://shorturl.at/UV4vp Read me: https://shorturl.at/ArSML Admin: @MulloyevAzamjon
Post recenti
Pag. 1 di 18 · 209 post
Pubblicato 1 apr
𝐌𝐨𝐛𝐢𝐥 𝐝𝐚𝐬𝐭𝐮𝐫𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫 𝐤𝐨‘𝐩 𝐪𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝟕 𝐭𝐚 𝐱𝐚𝐯𝐟𝐬𝐢𝐳𝐥𝐢𝐤 𝐱𝐚𝐭𝐨𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐯𝐚 𝐲𝐞𝐜𝐡𝐢𝐦𝐥𝐚𝐫 STATIC DATA PROTECTION SECURE / UNSECURE STORAGE JAILBREAK / ROOT DETECTION BUSINESS LOGIC ON CLIENT 3RD-PARTY SDK TRUST VERSION UPDATE STRATEGY OPEN TESTING (IPA / APK SHARING) Batafsil bu yerda... Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 30 mar
'𝐒𝐨𝐝𝐝𝐚𝐥𝐢𝐤' 𝐪𝐢𝐥𝐝𝐢𝐤𝐝𝐚.... Bugun ijtimoiy tarmoqlar va YouTubega kirsak, hali kimdur Qurilish bo'yicha, yana kimi online shopping yana boshqalari piramida biznesdan aldanganini ko'ramiz. Va hammada bir xil yakuniy gap: Soddalik qildikda... Manba: Kun Uz @kunuzofficial : https://lnkd.in/dRcisHJj, https://lnkd.in/dhAfFT4t Bularni barchasini asosida 'soddalik' emas aslida nafsimizni eng qitiqlaydigan: TEZ, ARZON, BOSHLANG'ICH TO'LOVSIZ, ORTQICHA HUJJATLARSIZ, CHEGIRMA ... kabi so'zlar ishtirok etgan marketingga o'ylab o'tirmay uchish yotibdi. Bir o'ylab ko'rsak bugun Har qanday odamni e'tiborini tortadigan, nafsimizni maksimal uyg'otadigan narsalar: - Tez va koproq daromad; - Biror narsaga Oson va harajatlarsiz erishish; - Arzon yoki Chegirmali haridlar; - O'qish, kasb, mol-mulk nima bo'lsa ham TEZ erishish; Umuman olganda shu TEZ, OSON va HARAJATSIZ bo'lsa ... Eng yomon vaziyatlardan biri shuki sen o'zing bilib tushinib odamlarni qaytarishga urinib tursang qaysidur qarindoshing yoki tanishing allaqachon 'Soddalik' qilib qo'ygan bo'ladi. Yana qachongacha 'soddalik' qilamiz? Balki, kimlarnidur allaqchon bunday holatdan qutqarib bo'lmas, balki kimlargadur kech bo'lgandur, lekin hali yetishib kelayotgan yosh avlodlarimizga, ukalarimiz jiyanlarimizga, oddiy gap bilan bo'lsada biroz o'ylab qadam qo'yishiga sababchi bo'lish imkonimiz bor Ham iltimos ham taklif: Yaqinlarimiz, shogirdlar va jiyanlarimiz bilan muloqot qilaylik. Illoki shunday TEZ, OSON va HARAJATSIZ reklamalarga duch kelasiz, shunda biz bilan muhokama qiling, boshqalardan bo'lsa ham maslahat oling, so'rab surishtiring, vaziyatni bahurja o'rganib qaror qiling deb, ular bilan yaqinroq va iliqroq munosabat qursak ular ham muhokamalar uchun erkin bo'lishadi. Shu yergacha o'qigan bo'lsangiz shunchaki foydali bo'lishi uchun ulashib qo'ying, illoki menga obuna bo'lib, like bosishingiz shart emas, shunchaki yaqinlarimizga foydamiz tegishida hamjihat bo'laylik. #bugun#tashkent#uzbekistan#developer Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 16 mar
𝐈𝐧𝐧𝐞𝐫 𝐩𝐞𝐚𝐜𝐞 — 𝐈𝐜𝐡𝐤𝐢 𝐱𝐨𝐭𝐢𝐫𝐣𝐚𝐦𝐥𝐢𝐤... Batafsil post 👆 #solid#mvvm#dry#kiss#developer#experience Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 10 mar
𝐍𝐞𝐜𝐡 𝐟𝐨𝐢𝐳 𝐃𝐞𝐯𝐞𝐥𝐨𝐩𝐞𝐫, 𝐧𝐞𝐜𝐡 𝐟𝐨𝐢𝐳 𝐒𝐈 𝐛𝐨‘𝐥𝐢𝐛 𝐛𝐨𝐫𝐲𝐚𝐩𝐦𝐢𝐳? Yana shu AI / SI mavzusiga qaytdim, Chunki oxirgi paytlarda Middle va Senior iOS Developer pozitsiyalari uchun ko‘p texnik suhbatlarda qatnashyapman. Va suhbat jarayonida ba'zi javoblar beixtiyor kandidat haqida salbiy xulosaga borish extimolini oshirmoqda. Masalan, muhim eventlarni handle qilish bilan bog‘liq savollarga shunday javob eshitdim: “Men bu protocol methodlarning nomini eslab qolishim shart emas. SI baribir yechim berganda qayerga yozishni aytadi.” Bir tarafdan qaraganda bu zamonaviy va qulay yondashuvdek ko‘rinadi. Lekin bu yerda hisobga olinishi kerak bo‘lgan muhim jihatlar bor. Masalan: • Ko‘pincha bir-biriga juda o‘xshash protocol methodlar mavjud bo‘ladi. Ammo ularning orasida ba'zan kichik, lekin yechim sifatini butunlay o‘zgartirib yuboradigan farqlar bo‘ladi. • Agar siz yechimni to‘liq tushunmasangiz, keyinchalik oddiy o‘zgartirish kiritish ham muammoga aylanishi mumkin va yana SI ga murojaat qilasiz. • SI dan to‘g‘ri javob olish uchun kodni ulashasiz, kontekst berasiz va asta-sekin jarayon sizning boshqaruvingizdan chiqa boshlaydi. O‘z o‘rnida konfidetsal ma'lumotlar tarqalish xavfi ham ortadi. • Yechim mavjud codebase va arxitekturaga qanchalik mos kelishi, yoki kelajakdagi o‘zgarishlarga qanday ta'sir qilishi (Open/Closed Principle) ham muhim. Davomi... Siz ish jarayoningizda AI/SI dan qanday foydalanasiz? #ai#claude#gemini#chatgpt#deepseek#developer Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 6 mar
Bu zo'r, yo'q bu kuchli deb emas aniq asoslar bilan tahlil qilsak: Meta (React Native) – React Native native modullar bilan bridge orqali aloqa qiladi. Meta (React Native) – React Native ilovalari asosiy biznes logikasini JavaScript runtime muhitida bajaradi. Google Flutter – Flutter native UI komponentlari o‘rniga o‘zining rendering engine’i (Skia) orqali interfeysni chizadi. Google Flutter – Flutter Dart va native kod o‘rtasida platform channels orqali aloqa qiladi. Apple Developer Documentation – Native frameworklar eng yuqori performance va tizim bilan eng chuqur integratsiyani ta’minlaydi. Apple Developer Documentation – Native development yangi OS funksiyalari va API’lariga darhol kirish imkonini beradi. Davomi... Cross Platformalar Tez va kamroq harajatli start-uplar kichik proyektlar va MVP uchun eng kuchli tanlov. AMMO: davomiy kengayuvchi va keng qamrovli proyektlar uchun eng mos tanlov bu - Native. Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 27 feb
𝙱𝚎𝚐𝚒𝚗𝚗𝚎𝚛 > 𝙹𝚞𝚗𝚒𝚘𝚛 > 𝙼𝚒𝚍𝚍𝚕𝚎 > 𝙼𝚒𝚍𝚍𝚕𝚎+ > 𝚂𝚎𝚗𝚒𝚘𝚛 Har birimiz shu yo‘ldan o‘tganmiz, o'tmoqdamiz va yoki boshlaganmiz... Beginner: Eng ko'p kod yozadi. Xatolarni tushunishga harakat qiladi 'SI hamma narsa qiloladi' degan moodga tushib qolish ehtimoli katta 😄 Junior: Kodni ishlaydigan qilishni biladi. Logic yaxshilanadi Xatolardan yo o'sadi yoki tark etadi 😉 Lekin hali “clean code” refleks darajasida emas Middle: Ixcham va o‘qilishi oson kod yozadi Refactor qilishdan qo‘rqmaydi Bu yerda tafakkur o‘zgaradi: “Qanday ishlaydi?”dan > “Qanday yaxshiroq ishlaydi?”ga o‘ta boshlaydi. Middle - Doim o'rtada qolib ketish ehtimoli bor 🥱 Middle+: Qisqa kod yozish va Patternlarni ko‘rib boshlaydi “Buni umumlashtirish mumkin” deydi, ammo har doim ham emas 😉 Kod yozishdan ko'ta tizim ko‘rishni boshlaydi Bir funksiya emas, butun modul haqida o‘ylaydi Senior: Hozirgi vazifani emas, kelajakni ko‘radi Kod yozmaydi - arxitektura o‘ylaydi “Bugun ishlaydi” emas, “2 yildan keyin ham ishlaydi” deb yozadi Va eng qizig‘i: Senior eng kam kod yozadi 😄 Lekin eng ko‘p fikrlaydi. Xulosa: Beginner xatoni ko‘rmaydi Junior xatoni sezadi Middle xatoni tuzatadi Middle+ umumlashtiradi Senior kelajakdagi xatolarni oldini oladi MUHIM: Beginner, Junior va hatto Middle darajasida ham kodni avvalo o'zingiz yozing, SI esa faqat muhokama qilish & tushuntirish & o'rganish va tez izlanish uchun toki muammoni Proyekt darajasida ko'ra olish va yechimni tizimli shakllantira olish saviyasiga yetmaguncha. Batafsil: https://lnkd.in/dTyhYbpW Siz o‘zingizni qaysi bosqichda ko‘ryapsiz? #ios#swift#level#junior#middle#senior Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 26 feb
Hozirda Junior/Middle uchun interviewlarda shu gaplardan kamida bittasini eshitasiz - bu ham kulgili ham achinarli... Men bir narsaga qaror qildim: ITga yangi kirganlar, Junior/Middle ish izlayotganlar va yoki level-up qilmoqchi bo'lganlarga o'z tajribamdan kelib chiqib maslahat va yo'l yo'riq berib boraman. - Hech qanday kurs emas! - Donate/To'lov yo'q! - Qaysidur kanal/guruhlarga a'zo bo'lish yoki Follow qilish shart emas! Shunchaki savolingiz bo'lsa yozing, imkon qadar javob beraman. Agar talab bo'lsa online/offline seminar ham tashkil qilish niyatidaman va albatta mutlaqo tekin. Shu yaxshi niyatimga sherik bo'lib, postni kerakli do'stlarga yuborib qo'ysangiz yoki tag qilib ketsangiz hursand bo'laman. #developer#junior#it#tashkent#uzbekistan Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 25 feb
Evolution of Programming - Dasturlash evolutsiyasi Insoniyat Yer yuzida paydo bo'lganidan to hozirgacha har bir davrda o'sha davrga mos yangiliklar, qulayliklar va avtomatlashtirishlarni yaratib kelgan va bu davom etadi. SI ham hozirgi davrdagi inson intelektining natijasi, hanuz optimallashtirish va avtomatlashtirish davom etayotgan bugungi vosita. Bugun AI kod yozadi, matn yozadi, tahlil qiladi, reja tuzadi... Ha, SI ko‘p narsani qila oladi. Lekin uni boshqarish, optimal ishlatish va to‘g‘ri yo‘naltirish uchun bizga yana ham kuchliroq skillar kerak: • Logika/Mantiqiy fikrlash • Muammoni strukturaviy ko‘ra olish va yechish • Qaror qabul qilish • Boshqaruv va mas’uliyat • Strategik tafakkur Batafsil... Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 11 feb
Ko‘pincha biz maosh haqida gapiramiz. Lavozim haqida gapiramiz. O‘sish haqida gapiramiz. Ammo kamdan-kam hollarda etik o‘sish haqida o‘ylaymiz. Professional yetuklik faqat tez ko‘tarilish emas, bu — chiroyli ketishni ham bilishdir. Eng yaxshi ketish shunday ko‘rinadi: ✔ Kompaniyada sizdan keyin o‘rin to‘ldirish imkoniyati bor ✔ Jamoa tayyor ✔ Rahbar, Lead va mentorlar hurmatni his qiladi ✔ Eshiklar yopilmaydi Texnologiya sohasida dunyo kichik. Ish ham topilar, bo'sh ish o'rinlari ham yopilar, ammo kun kelib yo'llar kesishganda hammasi boshqacha bo'lishi mumkin... Batafsil... Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 6 feb
Ajabmas kun kelib Qo'lbola kod sotishni boshlasak 😉 #ai#ai_free Read more... Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 4 feb
Ko‘pincha #startup yoki product development jarayonida biz bitta savol bilan yashaymiz: “Bu tayyormi yoki yo‘qmi?” Lekin real hayotda ikkita mustaqil savol bor: Ichkarida (jamoa, R&D, mahsulot) nima bo‘lyapti? Tashqariga (bozor, investor, foydalanuvchi) qanday signal berayapmiz? Shu yerda Double Traffic Light Method paydo bo‘ladi. Batafsil: https://lnkd.in/e8BvXfUu #product#teamlead#devlife Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium
Pubblicato 8 gen
Prompt qanday yoziladi?#prompt_technology Yaxshi prompt bu bitta gap emas. Bu 5 ta muhim qismdan iborat birikma. Ular: 1. 𝐊𝐨𝐧𝐭𝐞𝐤𝐬𝐭 — vaziyatni aniqlash AI nimani, qayerda va kim uchun qilayotganini bilishi kerak. Misol: “Prompt tushunchasini IT sohasida yangi boshlayotgan talaba uchun sodda va misollar bilan tushuntirib ber.” 2. 𝐑𝐨𝐥 — nuqtai nazarni belgilash AI qaysi rolda fikr yuritishini aniqlaydi. Misol: “O‘zingni tajribali backend arxitektor sifatida tut va (ushbu topic)-ni shu rolda tushuntir.” 3. 𝐂𝐡𝐞𝐤𝐥𝐨𝐯 — chegaralarni qo‘yish Cheklovlar sifatni pasaytirmaydi, aksincha aniqlik beradi. Misol: “Texnik terminlarsiz, 5 banddan oshmagan holda va faqat amaliy jihatlarni yoz.” 4. 𝐍𝐚𝐭𝐢𝐣𝐚 𝐟𝐨𝐫𝐦𝐚𝐭𝐢 — javob qanday ko‘rinishda bo‘lsin Format aytilmasa, javob qayta ishlashni talab qiladi. Misol: “Natijani jadval ko‘rinishida ber: muammo, sabab, yechim.” 5. 𝐌𝐢𝐬𝐨𝐥 — kutilgan natijani ko‘rsatish Bitta yaxshi misol o‘nlab izohdan kuchliroq. Misol: “Uslub quyidagidek bo‘lsin: muammo → tahlil → xulosa. Mana shunga o‘xshash yozing.” Umumiy prompt misoli: (𝘒𝘰𝘯𝘵𝘦𝘬𝘴𝘵:) Mobil ilova ustida ishlayotgan kichik jamoa bor; loyiha tez o‘sishga tayyor va arxitektura qarori uzoq muddatli bo‘lishi kerak. (𝘙𝘰𝘭:) O‘zingni tajribali mobil arxitektor sifatida tut. (𝘊𝘩𝘦𝘬𝘭𝘰𝘷:) Faqat amaliy jihatlarga e’tibor qarat, nazariy ta’rif berma. Javob 5 banddan oshmasin. (𝘕𝘢𝘵𝘪𝘫𝘢 𝘧𝘰𝘳𝘮𝘢𝘵𝘪:) Muammo → Variantlar → Risklar → Tavsiya → Keyingi qadamlar. (𝘔𝘪𝘴𝘰𝘭 (𝘶𝘴𝘭𝘶𝘣 𝘺𝘰‘𝘯𝘢𝘭𝘵𝘪𝘳𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪):) Har bir band 1–2 jumladan oshmasin, qisqa va qaror qabul qilishga yordam beruvchi ohangda yoz. Shu shartlar asosida loyiha uchun eng maqbul arxitektura qarorini tavsiya qil. Siz prompt yozayotganda shu 5 qismdan qaysisini ko‘pincha e’tiborsiz qoldirasiz? Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium #prompt#ai#chatgpt#claude#deepseek#gemini