TGTGInsightintelligence telegramLIVE / telegram public index
← Swift Academy
Swift Academy avatar

TGINSIGHT POST

Post #272

@swift_academy

Swift Academy

Visualizzazioni321Numero di visualizzazioni
Pubblicato8 gen08/01/2026, 06:37
Contenuto del post

Contenuto

Prompt qanday yoziladi?#prompt_technology Yaxshi prompt bu bitta gap emas. Bu 5 ta muhim qismdan iborat birikma. Ular: 1. 𝐊𝐨𝐧𝐭𝐞𝐤𝐬𝐭 — vaziyatni aniqlash AI nimani, qayerda va kim uchun qilayotganini bilishi kerak. Misol: “Prompt tushunchasini IT sohasida yangi boshlayotgan talaba uchun sodda va misollar bilan tushuntirib ber.” 2. 𝐑𝐨𝐥 — nuqtai nazarni belgilash AI qaysi rolda fikr yuritishini aniqlaydi. Misol: “O‘zingni tajribali backend arxitektor sifatida tut va (ushbu topic)-ni shu rolda tushuntir.” 3. 𝐂𝐡𝐞𝐤𝐥𝐨𝐯 — chegaralarni qo‘yish Cheklovlar sifatni pasaytirmaydi, aksincha aniqlik beradi. Misol: “Texnik terminlarsiz, 5 banddan oshmagan holda va faqat amaliy jihatlarni yoz.” 4. 𝐍𝐚𝐭𝐢𝐣𝐚 𝐟𝐨𝐫𝐦𝐚𝐭𝐢 — javob qanday ko‘rinishda bo‘lsin Format aytilmasa, javob qayta ishlashni talab qiladi. Misol: “Natijani jadval ko‘rinishida ber: muammo, sabab, yechim.” 5. 𝐌𝐢𝐬𝐨𝐥 — kutilgan natijani ko‘rsatish Bitta yaxshi misol o‘nlab izohdan kuchliroq. Misol: “Uslub quyidagidek bo‘lsin: muammo → tahlil → xulosa. Mana shunga o‘xshash yozing.” Umumiy prompt misoli: (𝘒𝘰𝘯𝘵𝘦𝘬𝘴𝘵:) Mobil ilova ustida ishlayotgan kichik jamoa bor; loyiha tez o‘sishga tayyor va arxitektura qarori uzoq muddatli bo‘lishi kerak. (𝘙𝘰𝘭:) O‘zingni tajribali mobil arxitektor sifatida tut. (𝘊𝘩𝘦𝘬𝘭𝘰𝘷:) Faqat amaliy jihatlarga e’tibor qarat, nazariy ta’rif berma. Javob 5 banddan oshmasin. (𝘕𝘢𝘵𝘪𝘫𝘢 𝘧𝘰𝘳𝘮𝘢𝘵𝘪:) Muammo → Variantlar → Risklar → Tavsiya → Keyingi qadamlar. (𝘔𝘪𝘴𝘰𝘭 (𝘶𝘴𝘭𝘶𝘣 𝘺𝘰‘𝘯𝘢𝘭𝘵𝘪𝘳𝘶𝘷𝘤𝘩𝘪):) Har bir band 1–2 jumladan oshmasin, qisqa va qaror qabul qilishga yordam beruvchi ohangda yoz. Shu shartlar asosida loyiha uchun eng maqbul arxitektura qarorini tavsiya qil. Siz prompt yozayotganda shu 5 qismdan qaysisini ko‘pincha e’tiborsiz qoldirasiz? Mukhriddinbek Samidov 🔗YouTube | Instagram | LinkedIn | Telegram | Medium #prompt#ai#chatgpt#claude#deepseek#gemini