Isi kiriman
Ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar bo‘ladi! Prezident yig‘ilishidan so‘ng ta’lim sohasida yangi chora-tadbirlarbelgilandi. Maktabgacha taʼlim yo‘nalishida: ➖118 ta bog‘cha xonasi ta’mirlanadi va jihozlanadi. ➖ 8 ta yangi bog‘cha 1-noyabrgacha ishga tushiriladi. ➖ Bo‘sh yerlarda xususiy sheriklik asosida bog‘cha tashkil etish bo‘yicha 3 yillik dastur boshlanadi. ➖ Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarda bog‘cha ochish tartibi ishlab chiqiladi. ➖“1+5” ta’lim shakli orqali har yili 10 ming oliy ma’lumotli tarbiyachi tayyorlanadi. ➖ Har bir viloyatda “Yangi avlod” bog‘chalari barpo qilinib, metodik yordam ko‘rsatadi. ➖12 ta ixtisoslashgan maktab ta’mirlanadi. ➖ Yuqori sinflarda sun’iy intellekt fanidan darslar o‘qitiladi. ➖Har bir viloyatda Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Ibn Sino maktablari filiallari ochiladi. ➖ Ularning bitiruvchilari texnika oliygohlariga imtihonsiz 2-kursdan qabul qilinadi. ➖2026-yilda xalqaro kimyo va informatika olimpiadalari O‘zbekistonda o‘tkaziladi. ➖ Yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktab hududlari aniq belgilanadi. ➖ Maktab va bog‘chalarda xizmatlar to‘liq raqamlashtiriladi. ➖ O‘quvchilarning qiziqishi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etiladi, “raqamli portfolio” yuritiladi. ➖ Har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy etiladi. ➖ Direktor o‘rinbosari, psixolog va sinf rahbari muammoli o‘quvchilar bilan ishlaydi. ➖ Mahalla yoshlar yetakchilari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi. ➖ Har bir viloyatda 2 tadan “O‘zbekiston – Xitoy ustaxonasi” tashkil etiladi. ➖100 dan ortiq xitoylik mutaxassis va volontyorlar ta’lim muassasalarida dars beradi. Kasbiy va oliy taʼlim yo‘nalishida: ➖ Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etiladi. ➖ 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizi texnikumlarga qamrab olinadi. ➖ Oliy ta’lim kvotalari investitsiya loyihalaridagi kadrlar ehtiyojidan kelib chiqib belgilanadi. ➖ Texnikumlarda investor buyurtmasiga binoan ta’lim dasturlarining 30 foizi o‘zgartirilishi mumkin. ➖ Dual ta’lim joriy etgan korxonalarga imtiyozli kredit beriladi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube