TGINSIGHT CHAT
BaholashUz
@Baholash
Education🔔 Reklama: https://t.me/EduRek/16 🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi yangiliklari 🌐 Manba: www.uzbmb.uz | @BahoIashUz
Kiriman terkini
Kaca 1 saka 40 · 474 kiriman
Diterbitake 13 dina kepungkur
❗️2026-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL)nisaqlab qo'ying! 🖨Ushbu javoblar varaqasini chop eting va uni to'g'ri to'ldirishni hozirdan mashq qilishni boshlang! ❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang; ❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato; ❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas; ❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi; ❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi. ❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi! 👉Javoblar varaqasini PDF shaklida yuklab olish. Boshqalarga ham tarqating!↗️ @Baholash✅️- Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 15 dina kepungkur
Rasman:Sertifikati yo’q abituriyent 30 ga yaqin yo’nalishga hujjat topshira olmaydi❌ Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2026/2027-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosidaamalga oshiriladi. ❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim. 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati yuqoridagi rasmda berilgan. ❗️E’tibor bering: 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi. ❓Bu nima degani? Masalan, 1-fan “ingliz tili” deb yozilgan bo’lsa, aynan ingliz tilidan sertifikat kerak bo’ladi. Nemis yoki turk tilidan sertifikati borlar bu yo’nalishga topshira olmaydi. Lekin 1-fan “chet tili” deb ko’rsatilgan bo’lsa, unda qaysi tildan sertifikati borliginining qizig’i yo’q. Istalgan tildan olingan tasdiqlangan sertifikat o’taveradi. Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati: https://lex.uz/docs/-6943986#-6946283 ⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating! @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 15 dina kepungkur
⚡️Rasman: 2026/2027 o'quv yili uchun Olmaliq davlat texnika institutida qabul boshlandi 📚Ta'lim shakllari: ▪️ Kunduzgi ▪️ Kechki ▪️ Dual 📚Yo'nalishlar: • Metallurgiya muhandisligi • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi • Konchilik ishi • Konchilik elektr mexanikasi • Elektr muhandisligi👇 • Iqtisodiyot • Menejment • Buxgalteriya hisobi • Ekologiya va atrof-muhit muhandisligi • Axborot tizimlari va texnologiyalari • Kompyuter injeneringi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish • Gazni chuqur va qayta ishlash texnologiyasi • Arxitektura (turlari bo'yicha) • Qurilish muhandisligi • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi • Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi • Atrof-muhit muhandisligi • Kimyo muhandisligi • Mexanika muhandisligi • Texnologik mashina va jihozlar • Metallar texnologiyasi • Energetika muhandisligi 🌟Nima uchun ODTI? • Zamonaviy laboratoriyalar va o'quv binolari • Tajribali professor-o'qituvchilar • Yetakchi korxonalarda amaliyot • Ish bilan ta'minlashda ko'maklashish 📞Murojaat uchun: +998773527000 | @odtiqabul +998882345256 📍Manzil:Olmaliq shahri ✅Telegram✅Facebook🔹Instagram🔹You tube🌍odti.uz
Diterbitake 18 Apr
⚡️Rasman: Maktab oʻquvchilari uchun katta tanlov eʼlon qildi — Hujjatlar shu yilning 6-mayiga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali qabul qilinadi. 🇺🇿 Respublika miqyosida, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun, Yoshlar ishlari agentligi hamda Registon ta’lim loyihasi hamkorligida, 3-sinfdan 10-sinfgacha boʻlgan iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va munosib rag'batlantirish maqsadida bilimlar bellashuviga start berildi. 🏆Tanlov g'oliblari quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadi: ➖Onix avtomobili, ➖ iPad planshetlar, smartTVlar ➖ Maxsus grant va sertifikatlar. 👉Ro'yxatdan o'tish 👉Ro'yxatdan o'tish ©Manba ⚡️Barcha maktab oʻqituvchilariga tarqating! @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 10 Apr
⚡Esse yozish formulasi: struktura + tayyor iboralar 🌌KIRISH QISMI: • Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb hisoblanadi. • Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarga ta’sir qiladi. • Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud. • Avvalo, … masalasiga e’tibor qaratish lozim. 🌌 Birinchi fikrni bayon qilish: • Ayrimlar fikricha, … • Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, … • Ba’zi odamlar bu borada shunday o‘ylashadi: … 🌌Qarama-qarshi fikrlar: • Boshqa bir qarashga ko‘ra, … • Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. • Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar. 🌌 Shaxsiy fikrni ifodalash: • Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: … • Mening nazarimda, … • Barchasini inobatga olgan holda, men … deb hisoblayman. 🌌Dalil va misollar: • Masalan, … • Statistik ma’lumotlarga qaraganda, … • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, … • Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, … 🌌 XULOSA QISMI: • Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, … • Umuman olganda, … • Xulosa qilib aytganda, … • … kelajak taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. 💡Muhim eslatma: Iboralar essega tartib va ravonlik beradi, lekin ularni haddan tashqari ko‘p ishlatish matnni sun’iy qilib qo‘yadi. Eng to‘g‘ri yondashuv — iboralarni me’yorida qo‘llab, fikrni aniq va ta’sirchan ifodalash. ⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating! @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 10 Apr
🚨 100 ta qabul. 50 tasi grant. Qaror bugun. 📩 Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot Bir necha oy o‘tadi… 🎓 Kimdir grant asosida universitet talabasi bo‘ladi. 📱 Kimdir esa: “O‘sha payt topshirsam bo‘lardi…” deydi. ⚡ Farq faqat bitta qarorda. 👉 BUGUN qabul qilingan qaror. 🎓YO‘NALISHLAR 🔥 Management 🔥 Economics 🔥 English Language 🔥 IT 🔥 Yurisprudensiya 🎥 Grant shartlari va hujjat topshirish tartibi barchasi 1 ta videoda aniq tushuntirilgan. ⏱ Atigi 60 soniya. Ko‘ring. Tushuning. Va qaror qiling. 👉Instagram — Watch me 👉YouTube — Watch me ⏳ Faqat 100 ta o‘rin. 🎓 50 tasi — 100% grant. Grant o‘rinlari tez to‘lyapti. 👨👩👧 Ehtimol ota-onangiz ham sizning grant asosida talaba bo‘lishingizni kutayotgandir. 📩Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot ❗Unutmang: Kelajak tasodif emas. Kelajak — BUGUN qilingan TANLOV. 🚀 Siz qaysi tomondasiz?
Diterbitake 31 Mar
❗️Kirish imtihonlarida savol tushadigan TOP-10 ehtimoliy badiiy asarlar ro'yxati Oliy ta'lim muassasalariga ona tili va adabiyot fanidan asosiy yoʻnalishda imtihon topshiradigan talabalarga Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan tasdiqlangan 10 ta badiiy asrlardan ham savollar tushishi aytib oʻtilgan. Kitoblar ro'yxati quyidagicha: 1. Abdulla Qodiriy "O‘tgan kunlar" 2. Abdulla Qodiriy "Mehrobdan chayon" 3. Oʻtkir Hoshimov "Ikki eshik orasi" 4. Oʻtkir Hoshimov "Nur borki soya bor" 5. Mirmuhsin "Me’mor" 6. Choʻlpon "Kecha va kunduz" 7. Abdurauf Fitrat "Abdulfayzxon" 8. Abdulla Oripov "Sohibqiron" 9. Oʻtkir Hoshimov "Urushning so‘nggi qurboni" 10. Abdulla Qahhor hikoyalari (barchasi) ⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating! @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 31 Mar
🚨 100 ta qabul. 50 tasi grant. Qaror bugun. 📩 Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot Bir necha oy o‘tadi… 🎓 Kimdir grant asosida universitet talabasi bo‘ladi. 📱 Kimdir esa: “O‘sha payt topshirsam bo‘lardi…” deydi. ⚡ Farq faqat bitta qarorda. 👉 BUGUN qabul qilingan qaror. 🎓YO‘NALISHLAR 🔥 Management 🔥 Economics 🔥 English Language 🔥 IT 🔥 Yurisprudensiya 🎥 Grant shartlari va hujjat topshirish tartibi barchasi 1 ta videoda aniq tushuntirilgan. ⏱ Atigi 60 soniya. Ko‘ring. Tushuning. Va qaror qiling. 👉Instagram — Watch me 👉YouTube — Watch me ⏳ Faqat 100 ta o‘rin. 🎓 50 tasi — 100% grant. Grant o‘rinlari tez to‘lyapti. 👨👩👧 Ehtimol ota-onangiz ham sizning grant asosida talaba bo‘lishingizni kutayotgandir. 📩Hujjat topshirish: 👉@tmuqabulbot ❗Unutmang: Kelajak tasodif emas. Kelajak — BUGUN qilingan TANLOV. 🚀 Siz qaysi tomondasiz?
Diterbitake 17 Mar
Oʻzgarishsiz qoldi! Hech narsa oʻzgarmadi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi). 💬Unga ko‘ra: ◀️Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan: 🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta; 🔹 Matematika x 10 ta; ♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta; ✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball. ◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan: ➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball ➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball ✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball. 🟩2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball –189 ballni tashkil etadi. ‼️Eslatma o‘rnida 👉 Fanlar majmuasi bu yerda 👉 Javoblar varaqasi bu yerda ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2026#Abituriyent2026#abituriyent @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 13 Mar
❗️Atigi 1 daqiqa vaqt ajrating — rasmdagi kabi maktablar va achinarli yo‘llar yana uzoq vaqt shu holicha qolib ketmasin! 💰Ovoz berganingiz evaziga hisobingizga mukofot ham 100% beriladi. Hozir butun Oʻzbekiston bo‘ylab OpenBudget uchun ovoz berish jarayoni ketmoqda. Kimdir maktab qurmoqchi, kimdir qishloq yo‘lini asfalt qildirmoqchi, yana kimdir bolalar maydonchasi qilishni xohlaydi. Ammo ko‘p loyihalar ovoz yetmagani uchun o‘tmay qoladi. 📊Birgina sizning ovozingiz ham hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. Ovoz bering: 👉@Ochiqbudjetbot Bee’tibor bo‘lmang — kimdir uchun bu juda muhim!
Diterbitake 11 Feb
⚡️Rasman: Fanlar majmuasi yangilandi Xullas, Siz tayyorlanayotgan yo'nalishga qaysi fanlardan test boʻlishni yuqoridagi jadval orqali bilib olasiz! 2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Fanlar majmuasida 227 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. ❗️Fanlar majmuasidagi asosiy o‘zgarishlar (2026/2027):👇 🔹Arxitektura — ikkinchi fan ona tili emas, kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ldi. 🔹Xorijiy til va adabiyoti — aniq til nomlari o‘rniga “chet tili” fani kiritildi. 🔹Tarjima yo‘nalishi — yangi tillar qo‘shildi: dariy, fors, ispan, pushtu. 🔹San’at yo‘nalishlari — 2 ta fan ham kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lib qoldi. 🔹Muhandislik — yangi yo‘nalishlar ochildi, asosiy fanlar: matematika + fizika. ❗️Eslatma: fan nomi o‘zgarmagan bo‘lsa ham, imtihon turi o‘zgargan bo‘lishi mumkin. 📌Iqtisodiyot, tibbiyot, huquq — deyarli o‘zgarishsiz. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2026#Abituriyent2026#abituriyent @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Diterbitake 3 Feb
Oʻtish ballari - 2025 Abituriyentlar quyidagi havolga kirib, imtiyoz turini tanlagan holda, 2025-yilgi o‘tish ballarini ko‘rishlari mumkin. 👉https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz2025 👉https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz2025 ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2026#Abituriyent2026#abituriyent @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube