Isi kiriman
⚡️Rasman: "Talabalar yotoqxonasi" endilikda ayrim talabalar uchun bepul boʻladi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (28.01.2026 y. 32-son) bilan ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylaridagi (TTJ) yashash xarajatlarini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi tasdiqlandi. ✅Kimlar ushbu imtiyozdan foydalana oladi? — Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar — “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalar farzandlari Qarorga ko‘ra, talabalar TTJga ustuvorlik asosida, navbatsiz qabul qilinadi. Agar davlat yotoqxonasi bo‘lmasa, talabalar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan turar joylarga joylashtirilishi mumkin. To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube