TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← BaholashUz
BaholashUz avatar

TGINSIGHT POST

Post #736

@Baholash

BaholashUz

Tampilan85,500Jumlah tampilan
Diterbitake10 Apr10-04-2026, 13:43
Isi

Isi kiriman

⚡Esse yozish formulasi: struktura + tayyor iboralar 🌌KIRISH QISMI: • Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb hisoblanadi. • Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarga ta’sir qiladi. • Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud. • Avvalo, … masalasiga e’tibor qaratish lozim. 🌌 Birinchi fikrni bayon qilish: • Ayrimlar fikricha, … • Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, … • Ba’zi odamlar bu borada shunday o‘ylashadi: … 🌌Qarama-qarshi fikrlar: • Boshqa bir qarashga ko‘ra, … • Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud. • Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar. 🌌 Shaxsiy fikrni ifodalash: • Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: … • Mening nazarimda, … • Barchasini inobatga olgan holda, men … deb hisoblayman. 🌌Dalil va misollar: • Masalan, … • Statistik ma’lumotlarga qaraganda, … • Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, … • Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, … 🌌 XULOSA QISMI: • Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, … • Umuman olganda, … • Xulosa qilib aytganda, … • … kelajak taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi. 💡Muhim eslatma: Iboralar essega tartib va ravonlik beradi, lekin ularni haddan tashqari ko‘p ishlatish matnni sun’iy qilib qo‘yadi. Eng to‘g‘ri yondashuv — iboralarni me’yorida qo‘llab, fikrni aniq va ta’sirchan ifodalash. ⚡️Barcha abituriyentlarga tarqating! @Baholash✅️- Rasmiy taʼlim yangiliklari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube