TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Uzshifo Info
Uzshifo Info avatar

TGINSIGHT POST

Post #181

@UZSHIFO_INFO

Uzshifo Info

Tampilan424Jumlah tampilan
Diterbitake18 Feb18-02-2026, 12:06
Isi

Isi kiriman

Ramazon oyingiz muborak bo‘lsin, azizlar 🌙 Bu muqaddas oy qalbingizga nur, uyingizga baraka, hayotingizga esa xotirjamlik olib kelsin. Ro‘zangiz yengil, ibodatlaringiz qabul, duolaringiz mustajob bo‘lsin. P.S. Ramazon oyida organizmni to'g'ri parvarish qilish va qo'llab-quvvatlash haqida material tayyorlayapman. Vaqtida tugatishga ulgurmadim, lekin tezroq tugatib post qilishga harakat qilaman. Ro'za tutgan kunlarda eng asosiysi bu o't qopi salomatligiga ahamiyat berish (iftordan sahargacha yetarli toza suv ichish, iloji bo'lsa ovqat bilan birga letsitin va taurin iste'mol qilish) va toksinlar turib qolmasligiga e'tibor berish (yetarli suv ichish) hisoblanadi. Ochlik kunlarida virus, bakteriya, mayda parazitlar o'lishni boshlaydi va o'zidan katta miqdorda toksinlar chiqaradi. Shu toksinlar sizda holsizlik, bosh og'rishi va boshqa yoqimsiz holatlarga sabab bo'ladi. Bu yoqimsiz holatlarning oldini olish uchun iftordan keyin 3 soat o'tgach och qoringa sorbent ichsangiz bo'ladi (aminosorb, zeolite yoki boshqa). Sorbentlar toksinlarni o'ziga bog'lab organizmga singishining oldini oladi. Toksinlar tezroq chiqib ketishi uchun esa suv kerak. Shuning uchun yetarli toza suv ichishga ahamiyat bering. Suv iliq yoki xona haroratida bo'lgani yaxshi.