#Respect_Subyektiv
#Nocomment
#Ogoxlik
Oqko'ngil xalqimizning soddaligidan foydalanib qolishga urinayotgan, va afsuski ko'pincha buning uddasidan ham chiqayotgan soxta "click hodimlari" va OLX sotuvchilari haqida haqiqatlar fosh qilindi. Ushbu videoni ko'ring, peshona teringiz mahsuli bo'lgan haqqingizni birovga oldirib qo'yish xavfidan ogoh bo'lib qo'ying. Sodda xalqimiz bunday o'g'rilillarga chuv tushmasliklari uchun o'z yaqinlaringizni ogoh qiling va ushbu videoni ulashing.
P/s. Oxirgacham diqatlik bilan ko'ring. MAMONT bo'lishdan saqlaning.
@infoTUIT
#Tog‘_turizmi
“O‘zbekneftgaz” mutaxassisi Yevropaning eng baland cho‘qqisini zabt etdi
Burg‘ilashni boshqarish markazi yetakchi mutaxassisi Mahmud Hamidov uchun bu sayohat shunchaki dam olish emas — balki irodani sinash, o‘z imkoniyatlarini kashf etish va shaxsiy yutuq sari intilish yo‘li bo‘ldi.
👉Batafsil
👇Bizni kuzating:
web-sayt | instagram | telegram | youtube | facebook
Tog’a va domla so’zlarining ildizidagi umumiylik
#Dada(#doda) so’zining etimologiyasini ochiqlar ekan, katta ma’nosini bildiruvchi ta so’zi haqida aytib o’tdik. Bu so’z qarindosh-urug’chilik atamalaridan ota so’zidan tashqari og’a (ağa) so’ziga ham kelgan: ta+ağa. Huddi dada so’zida bo’lganidek bir a unlisi tushib qolishi natijasida tog’aga aylangan. Bu yergacha hammasi yetarlicha sodda, jo'n.
Bilsangiz, Xorazmda #tog’a demaydilar, #doyideydilar. Shuningdek turkcha, ozarbayjoncha, turkmanchada ham dayı deyiladi. Bu ham tog’a so’zidan boshqasi emas. Bu so’zdagi evrilish quyidagicha bo’lgan: tağa so’ziga kichraytirish qo’shimchalaridan biri bo’lgan -y qo’shilgan. Bu qo’shimchaga yuqorida #boboy, #opoyo’rnaklari ham berildi. Tağay o'ziga +i qo’shimchasini olib kengaygan va tağayïga aylangan. O’g’uzlarning til xususiyatlaridan xabardor bo’lganlar biladiki, ularda so’z ichi va so’z oxiridagi ğ/g tovushlari tushib qoladi. Sarïğ o’rniga sarï, yalğan o’rniga yalan kabi. Qolaversa bizdagi so’z boshi t- o’g’uzlarda d-ga aylanadi. Natijada tağayï > taayï > dayı evrilishi yuzaga kelgan.