@dasturlash_hayoti · Post #3786 · 2025. 05. 08. AM 09:19
2025-yilda kod yozishdagi eng yaxshi yordamchim — Tabnine So‘nggi paytlarda kod yozish jarayonimni yanada samarali qilish yo‘lida turli sun’iy intellekt vositalarini sinab ko‘ryapman. Shular orasida menga eng ko‘p yoqqani bu — Tabnine bo‘ldi. Tabnine nima va nimasi bilan zo‘r? Tabnine — bu kod yozayotganimda menga real vaqtning o‘zida takliflar beradigan sun’iy intellekt yordamchisi. Eng yoqqan jihati — u siz yozmoqchi bo‘lgan kodni kontekstdan tushunib, davom ettirishni o‘zi taklif qiladi. Shu bilan vaqtni ham tejaydi, xatolarni ham kamaytiradi. Nega men Tabnine’dan foydalanaman? 2025-yilgi versiyasi juda kuchli va quyidagi jihatlari men uchun juda qulay bo‘ldi: 🔘Offline rejimi – Kodim hech qayerga yuborilmaydi, maxfiylik muhim bo‘lgan loyihalarda bemalol ishlataman. 🔘 IDE’lar bilan moslashuvchanligi – Men VS Code’dan foydalanaman, Tabnine esa u bilan juda yaxshi ishlaydi. 🔘Ko‘p tillarni biladi – Men bir nechta dasturlash tillarida ishlayman (masalan, JavaScript, PHP, Python), va Tabnine ularning hammasini tushunadi. 🔘Real-time takliflar – Kod yozayotganimda takliflar shunchalik tez chiqadiki, ba’zida o‘zimni professional “copy-paster”dek his qilaman 😄 💻Kimlarga tavsiya qilaman? Agar siz yangi boshlayotgan bo‘lsangiz ham, tajribali dasturchi bo‘lsangiz ham, Tabnine foydali bo‘lishi aniq. Ayniqsa, katta jamoada ishlasangiz, umumiy kod yozish standartlarini saqlashda ham yordam beradi. Qisqacha aytganda, Tabnine hozirda mening kod yozishdagi eng yaxshi yordamchimga aylangan. Agar siz ham kod yozishni tezlashtirishni, tartibga solishni va xatolarni kamaytirishni istasangiz — Tabnine’ni sinab ko‘rishingizni tavsiya qilaman. #foydali#tavsiya#AI#tabnine 💻@jonibek_turapov