TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2382 · 3월 15일

Dasturchilar uchun Google tomonidan Code Jam onlayn musobaqasi. Tanlov g'oliblariga pul mukofotlari topshiriladi Talablar — Tanlovda 18 yoshdan katta bo'lgan dasturchilik sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishlari mumkin; — Dasturchilarning Google accountlarida o'z ism-shariflari, telefon nomerlari va qaysi davlatda yashashlari aniq va batafsil keltirib o'tishlari so'raladi; — Dastur ishchi tili ingliz tili ekanligi uchun shu tildan xabardor bo'lishi kerak (sertifikat shartmas). Foydali tomonlari — 1-raunddan 2-raundga o'tgan eng yaxshi 1000 ta dasturchi ichiga kirgan nomzodlarga Code Jam futbolkalari beriladi; — Code Jam musobaqasida oxirgi 5-bosqichiga yetib kelgan ishtirokchilar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar: — 1-o'rin - $15 000; — 2-oʻrin — $2000; — 3-oʻrin — $1000; — 4-25-oʻrin — $100. Oxirgi muddat 03.04.2022 23:59 Batafsil https://grantgo.uz/go/56580 #tanlovlar#mukofot#AQSh

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #gfu

当前筛选 #gfu清除筛选
"NAVOIYURAN" DK

@navoiyuran_official · Post #28230 · 2026. 04. 09. PM 04:00

💠 Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi Joriy yilning 9-aprel kuni “Oʻzbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni”ni munosib nishonlash maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda soha faxriylari, kasb bayrami munosabati bilan davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan geologlar, olimlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir avvalida Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning geologiya sohasi xodimlariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda mamlakatimiz geologlarining fidokorona mehnati, yer qa’ri boyliklarini o‘rganish va samarali foydalanish borasidagi ulkan xizmatlari alohida e’tirof etildi. Tadbir davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov so‘zga chiqib, kasb bayrami munosabati bilan yuksak davlat mukofotlariga munosib ko‘rilgan bir guruh geologlar va olimlarni samimiy tabrikladi hamda ularga mukofotlarni tantanali ravishda topshirdi. Jumladan, ular orasida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog” faxriy unvoni, “Doʻstlik” ordeni hamda “Shuhrat” medali sohiblari bor. Vazir o‘z nutqida davlat rahbari tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, tizimli islohotlar, “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri, shuningdek, kon-metallurgiya kombinatlari va geologiya korxonalarida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Tadbirda soha faxriylari va davlat mukofoti sovrindorlari ham so‘zga chiqib, hamkasblarini kasb bayrami bilan tabrikladilar, sohani rivojlantirishga oid taklif va tashabbuslarini bildirdilar. 🔹🔹🔹 💠Состоялось торжественное мероприятие по случаю Дня работников сферы геологии 9 апреля текущего года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии состоялось торжественное мероприятие, посвященное Дню работников сферы геологии Республики Узбекистан. В нем приняли участие ветераны отрасли, геологи и ученые, удостоенные государственных наград, а также представители общественности. Мероприятие началось с исполнения Государственного гимна. Затем было зачитано поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева, в котором особо отмечены вклад геологов в изучение недр страны и их самоотверженный труд. В ходе мероприятия министр горнодобывающей промышленности и геологии Б. Исламов поздравил участников с профессиональным праздником и вручил государственные награды группе геологов и ученых. Среди них — обладатели почетного звания «Заслуженный геолог Республики Узбекистан», ордена «Дустлик» и медали «Шухрат». В своем выступлении министр подчеркнул значительное внимание, уделяемое отрасли со стороны главы государства, реализуемые реформы, важность новой редакции закона «О недрах», а также масштабные проекты, реализуемые в отрасли. Ветераны и лауреаты государственных наград также выступили с поздравлениями, поделились своим опытом, а также озвучили предложения и инициативы по дальнейшему развитию сферы. #kongeologiya#mingeo#geologlar_kuni#kasb_bayrami#tadbir#GFU#Ozbekgeologiyaqidiruv#Navoiyuran#GFU#GGI#MRI#NGKGQI Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|X|YouTube