@uztmk_official · Post #2965 · 2025. 10. 03. PM 01:12
#TMK#AQSh #MST25 ⚡️ Kritik minerallar sohasida O‘zbekistonning xalqaro ishtiroki kengaymoqda 🇺🇸 Delegatsiyamiz (TMK) AQShda bo‘lib o‘tgan MS&T25 xalqaro anjumani doirasida o‘tkazilgan Ilg‘or materiallar ko‘rgazmasida 30 ga yaqin yetakchi Amerika kompaniyalari bilan muzokaralar olib bordi. 🌎 Faol muzokaralarni AQShning CompuTherm LLC, American Carbon Company, Pyrometry Management Software, A2LA, Advanced Carbons Council, Powder Processing & Technology, GeoCorp, Oxy-Gon Industries kabi kompaniyalari, shuningdek, Braziliyaning NANUM Nanotecnologia, Shvetsiyaning Thermo-Calc Software, Avstriyaning Lithoz GmbH, Germaniyaning INMATEC Technologies, Xitoyning CRNMC kompaniyalari bilan o'tkazdik. 🇺🇿 Bu muloqotlar O‘zbekistonni kritik minerallar, nanomateriallar va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha global ta’minot zanjirida faol o‘yinchiga aylantirish yo'lida muhim qadamlardan biri bo'ldi. 🔥 Bizni kuzatib boring, TMK xalqaro maydonda yangi marralarni zabt etishda va texnologik kelajagimizni yaratishda shiddat bilan davom etmoqda. 🫥🫥🫥 ✅TMK matbuot xizmati 🌐Web-site|🔵Facebook |📷Instagram| 🎰LinkedIn|🎬Youtube|🚀Telegram