Bugungi kunga kelib, «Project Managers» IT-kompaniyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lmish dasturlash, robototexnika va dizayn kabi sohalarda, IT mutaxassislarini o‘qitishdan iborat. 🚀 Shuningdek, autsorsing asosida kompaniya turli Respublika va xorijiy kompaniyalarga IT xizmatlarini taqdim etadi. Bundan tashqari, kompaniya, axborot texnologiyalari sohasida konferensiyalar va tadbirlarni tashkil etib kelmoqda. 🤝 Biz, yechim tariqasida taklif etayotgan muharrir yordamchimiz, barcha asosiy deb hisoblangan platforma va qurilmalarga osonlikcha moslashishi mumkin va har bir kishining ehtiyojini to‘laqonli qondirish uchun turli xil yechimlarni taklif etadi. Bepul obunachi sifatida, siz kundalik yozishmalaringizni yaxshilashingiz va so‘z boyligingizni to‘ldirishingiz mumkin. 📝 Alohida eʼtibor berish kerak deb hisoblaymiz: 📍 - tizim to‘laqonlikcha bepul xizmat ko‘rsatishi; Istalgan turdagi foydalanuvchi ushbu mahsulotning xizmatlaridan foydalanishi mumkin, xoh u chekka hududdagi o‘quvchi, xoh katta nashriyot muharriri.👩🏻💻 - «Machine Learning» texnologiyasi; Siz xatoliklarni qancha ko‘p tekshirsangiz, tizim o‘zini ustida yanada ko‘proq ishlab va yaxshiroq natijalar ko‘rsatishga harakat qiladi! Ha, bizning tizim o‘zi o‘qib o‘zi o‘rganadi. 🤖 - dasturchilar uchun REST-API xizmati; Biz har doim hamkorlikka tayyormiz va birgalikda ona tilimizni rivojlantirish uchun barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz! 👨🏻💻 Matn.uz – o‘zbek tilida bexato yozamiz! ✌🏻 #PM#matnuz#redaktor#Muharrir#Tahrirchi #UISDevelopment#Imlo#OnaTili
Dasturchilar uchun Google tomonidan Code Jam onlayn musobaqasi. Tanlov g'oliblariga pul mukofotlari topshiriladi Talablar — Tanlovda 18 yoshdan katta bo'lgan dasturchilik sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishlari mumkin; — Dasturchilarning Google accountlarida o'z ism-shariflari, telefon nomerlari va qaysi davlatda yashashlari aniq va batafsil keltirib o'tishlari so'raladi; — Dastur ishchi tili ingliz tili ekanligi uchun shu tildan xabardor bo'lishi kerak (sertifikat shartmas). Foydali tomonlari — 1-raunddan 2-raundga o'tgan eng yaxshi 1000 ta dasturchi ichiga kirgan nomzodlarga Code Jam futbolkalari beriladi; — Code Jam musobaqasida oxirgi 5-bosqichiga yetib kelgan ishtirokchilar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar: — 1-o'rin - $15 000; — 2-oʻrin — $2000; — 3-oʻrin — $1000; — 4-25-oʻrin — $100. Oxirgi muddat 03.04.2022 23:59 Batafsil https://grantgo.uz/go/56580 #tanlovlar#mukofot#AQSh
Hashtags
1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다
검색: #uisdevelopment