Dasturchilar uchun Google tomonidan Code Jam onlayn musobaqasi. Tanlov g'oliblariga pul mukofotlari topshiriladi
Talablar
— Tanlovda 18 yoshdan katta bo'lgan dasturchilik sohasiga qiziquvchi yoshlar qatnashishlari mumkin;
— Dasturchilarning Google accountlarida o'z ism-shariflari, telefon nomerlari va qaysi davlatda yashashlari aniq va batafsil keltirib o'tishlari so'raladi;
— Dastur ishchi tili ingliz tili ekanligi uchun shu tildan xabardor bo'lishi kerak (sertifikat shartmas).
Foydali tomonlari
— 1-raunddan 2-raundga o'tgan eng yaxshi 1000 ta dasturchi ichiga kirgan nomzodlarga Code Jam futbolkalari beriladi;
— Code Jam musobaqasida oxirgi 5-bosqichiga yetib kelgan ishtirokchilar quyidagi miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
— 1-o'rin - $15 000;
— 2-oʻrin — $2000;
— 3-oʻrin — $1000;
— 4-25-oʻrin — $100.
Oxirgi muddat
03.04.2022 23:59
Batafsil
https://grantgo.uz/go/56580
#tanlovlar#mukofot#AQSh
#diqqat#hemis#talaba#YAN
❗️Barcha professor-o’qituvchilar va talabalar diqqatiga!
✅ HEMIS AT tizimining oʻqituvchi profilidagi “Yakuniy nazorat” va “Boshqa nazoratlar” menyularidagi “Reyting qaydnomalari”da oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda.
⚠️ Tizimning endigi chiqariladigan yangi versiyasida (1.4.5) Reyting qaydnomasiga fan boʻyicha talabalarning oʻzlashtirish baholarini bir marta kiritib saqlash masalasi joriy qilinmoqda. Yaʼni bitta qaydnoma bir marta toʻliq toʻldirilib, bir marta saqlanishi mumkin.
🙏 Shuning uchun professor-oʻqituvchilar talabalarning YAN topshiriqlarini toʻliq baholab, barcha talabalar toʻgʻri baholanganiga ishonch hosil qilib keyin tizimning reyting qaydnomasiga kiritishini soʻraymiz.
✅ Talabalardan esa YANgacha bo’lgan barcha nazoratlardan belgilangan baholarni o’zlashtirish hamda YANga o’z vaqtida va tegishli talablarni bajargan holda kirishlari so’raladi.
☄️ Tizimga baholarni kiritish reglament boʻyicha 5 kun ichida faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin. Baholar kiritilib saqlangandan soʻng reyting qaydnomasi toʻliq yopiladi. Yopilgan reyting qaydnomasiga qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirishlarga ruxsat berilmaydi.
➡️ Barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarga yetkazing.
👨💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_botga murojaat qilishingiz mumkin.
✈️TerDU Registrator ofisi