TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2409 · 4월 13일

🧹Hamma uchun tarixni tozalash – Android uchun Telegram’ning beta-versiyasida endi siz nafaqat o‘zingiz, balki barcha ishtirokchilar uchun guruh suhbati tarixini tozalashingiz mumkin. Xabarlarni hamma uchun tozalash imkoniyati faqat guruh egasi uchun mavjud. Eslatma: biz xozirda chat tarixini tozalash uchun turli botlardan foydalanamiz. Ushbu imkoniyat faqat superguruhlarda ishlaydi va tez kunda Telegramga qo'shilishi kutilmoqda. #Android#beta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #anugaselect

当前筛选 #anugaselect清除筛选
Savdoni rivojlantirish kompaniyasi

@tdc_uz · Post #1755 · 2026. 04. 15. AM 10:08

🔴#jarayon Tokio markazida “Made in Uzbekistan” brendi jaranglamoqda! 🇯🇵Yaponiya. 15-aprel. Bugundan boshlab eng yirik "Anuga Select Japan 2026" xalqaro ko‘rgazmasida mamlakatimizning sara mahsulotlari namoyish etilmoqda Nimalar namoyish etilmoqda? Ko‘rgazma hududida yurtimizdan 18 ta mahalliy korxonalar uchun 126 kv/m maydonda “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkillangan. Bu yerda joylashtirilgan sara quritilgan mevalar, tabiiy sharbatlar, ziravorlar va konditer mahsulotlari yaponiyalik investorlar va Sharqiy Osiyo distribyutorlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Asosiy maqsad O‘zbekiston mahsulotlari eksportini Yaponiya bozorida kengaytirish va yangi strategik hamkorlar topishga qaratilgan. Manfaatli tadbirlar bor! "Anuga Select Japan 2026" bir vaqtning o‘zida yettita boshqa ixtisoslashgan ko‘rgazmalar bilan birgalikda o‘tkazilmoqda. Ulardan eng gavjum va mashhurlari: - ISM Japan: shirinliklar va gazak (snack) mahsulotlari ko‘rgazmasi; - ProWine Tokyo: vino va spirtli ichimliklar savdo ko‘rgazmasi; - FABEX / Premium Food Show: tayyor ovqatlar va Premium mahsulotlar namoyishi. Bu o‘zbek tadbirkorlariga ham yondosh tarmoq vakillari bilan muzokara uchun qo‘shimcha imkon beradi. Bayrog‘imiz va mahsulotlarimiz jahon maydonida yuksalaversin! Bizni kuzatib boring: 📱Telegram📱Instagram📱Facebook📱X #AnugaSelect #Japan2026 #UzbekProduct #MadeInUzbekistan #SRK