TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2409 · 4월 13일

🧹Hamma uchun tarixni tozalash – Android uchun Telegram’ning beta-versiyasida endi siz nafaqat o‘zingiz, balki barcha ishtirokchilar uchun guruh suhbati tarixini tozalashingiz mumkin. Xabarlarni hamma uchun tozalash imkoniyati faqat guruh egasi uchun mavjud. Eslatma: biz xozirda chat tarixini tozalash uchun turli botlardan foydalanamiz. Ushbu imkoniyat faqat superguruhlarda ishlaydi va tez kunda Telegramga qo'shilishi kutilmoqda. #Android#beta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #studyabdoad

当前筛选 #studyabdoad清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2756 · 2025. 11. 14. AM 05:55

🇺🇿🇺🇸Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi AQShda malaka oshirish dasturini yo‘lga qo‘ydi 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan Pittsburg davlat universiteti (Pittsburg State University) bilan hamkorlikda Inson resurslarini rivojlantirish (HRD – Human Resource Development) yo‘nalishi bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Mazkur dastur mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, zamonaviy boshqaruv va HR tizimlarini joriy etish, shuningdek, davlat va xususiy sektorlar uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. O‘quv kurslari davomida ishtirokchilar AQShning ilg‘or tajribasi, inson resurslarini boshqarish, tashkilotlarda samaradorlikni oshirish, yetakchilik va menejmentning zamonaviy yondashuvlari bilan tanishadilar. Dasturda Oliy biznes maktabi tinglovchilari, shuningdek, davlat va xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqdalar. Ular Pittsburg davlat universitetining professor-o‘qituvchilari bilan bevosita muloqotda bo‘lib, amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va uni mamlakatimiz ta’lim hamda iqtisodiyot sohalariga joriy etish borasidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasidir. 🇷🇺RU #GSBE#USA#PSU#HRD#StudyAbdoad#BusinessEducation 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube