Xitoyliklar allaqachon 2049-yilda yashayotgandek! BYD va DJI "Blade Runner" filmining texnologiyalarini hayotga tatbiq qilib, avtomobillarga shaxsiy razvedka dronini qo‘shishdi. Aynan Ryan Goslingning qahramoni kabi: dron tomdagi maxsus qutidan uchib chiqadi, atrofni havodan kuzatadi, videotasvirga oladi, ko‘rinishni yaxshilaydi va o‘z-o‘zidan qaytib, zaryad oladi. Dron harakatlanayotgan mashinadan ham uchib chiqishi mumkin – 25 km/soat tezlikkacha. U avtomobilni 54 km/soatgacha kuzatib boradi va batareyasi tugayotganida o‘zi zaryadga qaytadi. Bunday texnologiya uchun 2200 dollar so‘rashyapti. Harbiylar, baliqchilar, ovchilar yoki ekstremal yo‘llarda yurishga odatlanganlar uchun ideal! Oddiy haydovchilarga esa qanday foydasi bor – hali aniq emas. Balki yo‘l burilishida yashirinib turgan YPH xodimlarini ilgariroq payqash uchun foyda berar? 😅 #Texnologiya#SuniyIntellekt#Avtomobil#Dron
TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
TON hamyonining Telegram mijoziga integratsiyasi WebApp-botlari tufayli @wallet xizmati hamyonni Telegram mijozlari investitsiyalariga integratsiyalashni amalga oshirdi. Endi siz Toncoin kriptovalyutasini foydalanuvchilarga bevosita messenjerdan o‘tkazishingiz mumkin. Uzoq hamyon manzillarisiz, komissiyalarsiz va tranzaksiyani tasdiqlashni kutmasdan. Avvalroq @tginfoyozganidek, ehtimol, butun veb-bot platformasi TON Coin'ning Telegram bilan integratsiyalashuvi uchun maxsus yaratilgan. Hamyonni integratsiyalash: t.me/wallet?attach=wallet TonCoin haqida batafsil: @toncoin_uz #ton#wallet#kriptovalyuta 💚@TGraphUz | YouTube
Hashtags
결과
1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다
검색: #avtomobil
当前筛选 #avtomobil清除筛选