TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2421 · 4월 26일

TON hamyonining Telegram mijoziga integratsiyasi WebApp-botlari tufayli @wallet xizmati hamyonni Telegram mijozlari investitsiyalariga integratsiyalashni amalga oshirdi. Endi siz Toncoin kriptovalyutasini foydalanuvchilarga bevosita messenjerdan o‘tkazishingiz mumkin. Uzoq hamyon manzillarisiz, komissiyalarsiz va tranzaksiyani tasdiqlashni kutmasdan. Avvalroq @tginfoyozganidek, ehtimol, butun veb-bot platformasi TON Coin'ning Telegram bilan integratsiyalashuvi uchun maxsus yaratilgan. Hamyonni integratsiyalash: t.me/wallet?attach=wallet TonCoin haqida batafsil: @toncoin_uz #ton#wallet#kriptovalyuta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #oiml

当前筛选 #oiml清除筛选

Avtomobil va vagon tarozilarining metrologiya tekshiruvdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘chma mobil laboratoriya ishga tushirildi 📍Respublikamizda eng dolzarb vazifalardan biri yirik sanoat tarmoqlari – neft-gaz, kimyo, metallurgiya, bojxona, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik korxonalarida foydalanilayotgan taxminan 500–700 ta katta avtomobil va vagon tarozilarining ishonchliligini hamda ushbu tarozilarda amalga oshiriladigan o‘lchash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlash hisoblanadi. 🔄Ushbu vazifani samarali bajarish maqsadida Agentlik huzuridagi O‘zbekiston milliy metrologiya institutining mutaxassislari tomonidan amaliy-konstruktorlik loyiha doirasida FAW JK6 CA1250 yuk avtomobili negizida zamonaviy harakatlanuvchi (mobil) laboratoriya (platforma)si yaratildi. 🧾 Laboratoriya tarkibi: ✅ Nominal massasi 1 t bo‘lgan, M1 aniqlik klassidagi parallelepiped shaklli tarozi toshlari – 30 dona. 🧾Kran-manipulyatorning yuk ko‘tarish qobiliyati: ✅1,5 t (qulochi 10,5 m gacha) dan ✅7 t (qulochi 2 m gacha) oralig‘ida. ✅Umumiy yuk ko‘tarish og‘irligi – 32 t ✅Tirkamaning yuk ko‘tarish og‘irligi – 18 t ✅ Mobil laboratoriya avtomobil va vagon tarozilarini OIML R 76 xalqaro tavsiyasiga muvofiq metrologiya tekshiruvidan o‘tkazishga imkon beradi, shuningdek, sanoat majmualaridagi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishni ta’minlaydi, bu esa vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratadi. ❗️ Mobil laboratoriyaning eng katta afzalliklaridan biri — uning respublikaning barcha hududlarida xizmat ko‘rsatish imkoniyatidir. Bu esa qishloq xo‘jaligi, sanoat va logistika sohalarida foydalaniladigan avtomobil va vagon tarozilarining metrologiya xizmatlari bilan qamrab olish darajasini sezilarli oshiradi. 🟠 Ushbu mobil laboratoriya joriy yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Rossiya Federatsiyasining texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya bo‘yicha federal agentligi (Rosstandart) o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv doirasida foydalanishga topshirildi. #UzNIM#Metrology#OIML#Rosstandart#Uzbekistan_Russia#mobile_laboratory 🌐standart.uz | Facebook | Instagram | YouTube