TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2421 · 4월 26일

TON hamyonining Telegram mijoziga integratsiyasi WebApp-botlari tufayli @wallet xizmati hamyonni Telegram mijozlari investitsiyalariga integratsiyalashni amalga oshirdi. Endi siz Toncoin kriptovalyutasini foydalanuvchilarga bevosita messenjerdan o‘tkazishingiz mumkin. Uzoq hamyon manzillarisiz, komissiyalarsiz va tranzaksiyani tasdiqlashni kutmasdan. Avvalroq @tginfoyozganidek, ehtimol, butun veb-bot platformasi TON Coin'ning Telegram bilan integratsiyalashuvi uchun maxsus yaratilgan. Hamyonni integratsiyalash: t.me/wallet?attach=wallet TonCoin haqida batafsil: @toncoin_uz #ton#wallet#kriptovalyuta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

2개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #physicaltechnicalinstitute

当前筛选 #physicaltechnicalinstitute清除筛选
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2617 · 2025. 09. 25. AM 10:12

🤔Yarimo‘tkazgichlar sohasini rivojlantirish istiqbollari 🎓 Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Malayziya va Koreya ekspertlari, vazirliklar, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 🌀 Tadbir ochilishida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakili so‘zga chiqib, O‘zbekistonda yarimo‘tkazgichlar sohasini rivojlantirish istiqbollari, ilmiy-amaliy tadqiqotlarning ahamiyati hamda xorijiy tajribani o‘rganish zarurligini ta’kidladi. ✅ Shundan so‘ng ishtirokchilar kadrlar tayyorlash, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish va ishlab chiqarishda mahalliylashtirish masalalarini muhokama qildilar. Malayziya va Koreya ekspertlari o‘z mamlakatlari tajribasi, mavjud muammolar va ularni yechish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga oid ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika instituti, hamda boshqa tashkilotlarning tashabbuslari taqdim etildi. 🤝 Yakunida ishtirokchilar ilmiy ishlanmalar asosida yarimo‘tkazgich mahsulotlari ishlab chiqarish, komponentlarni mahalliylashtirish, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar. 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#PhysicalTechnicalInstitute#StartupProjects 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

@gsbe_uz · Post #2545 · 2025. 07. 28. AM 11:28

🧊Yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika sohasida innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda 🇺🇿O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi o‘rtasida yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika sohasini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Uchrashuvda institutda yarimo‘tkazgichlar yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar, institut yo‘nalishining boshqa ITlardan farqi va o‘rni, dizayn markazi tashkil etish loyihasi, xalqaro hamkorlik, O‘zbekistonda yarimo‘tkazgich va mikroelektronika mahsulotlari ishlab chiqarish xolati va imkoniyatlari, startap loyihalar amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 🔹Batafsil 🇷🇺RU 🇬🇧ENG #GSBE#GraduateSchool#PhysicalTechnicalInstitute#StartupProjects 🔝Web-site |🔝Facebook | 🔝Instagram | 🔝Youtube