TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2421 · 4월 26일

TON hamyonining Telegram mijoziga integratsiyasi WebApp-botlari tufayli @wallet xizmati hamyonni Telegram mijozlari investitsiyalariga integratsiyalashni amalga oshirdi. Endi siz Toncoin kriptovalyutasini foydalanuvchilarga bevosita messenjerdan o‘tkazishingiz mumkin. Uzoq hamyon manzillarisiz, komissiyalarsiz va tranzaksiyani tasdiqlashni kutmasdan. Avvalroq @tginfoyozganidek, ehtimol, butun veb-bot platformasi TON Coin'ning Telegram bilan integratsiyalashuvi uchun maxsus yaratilgan. Hamyonni integratsiyalash: t.me/wallet?attach=wallet TonCoin haqida batafsil: @toncoin_uz #ton#wallet#kriptovalyuta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #termizvokzali

当前筛选 #termizvokzali清除筛选
"TERMIZ MTU" filiali Rasmiy kanali

@Termiz_MTU · Post #14052 · 2026. 05. 01. AM 10:27

MILLIY LIBOS — MILLIY RUH AKSI. Bugun Termiz temir yo‘l vokzalida ish jarayonlari o‘zgacha kayfiyatda tashkil etildi. Haftaning juma kuni doirasida o‘tkazilayotgan “Milliy liboslar kuni” tashabbusi vokzal xodimlari ishtirokida yuqori ruhda davom etdi. Milliy liboslarda faoliyat yuritgan xodimlar xizmat jarayonlariga nafaqat tartib va mas’uliyat, balki milliy ruh va o‘ziga xos go‘zallik ham olib kirishdi. Atlas va adras matolaridan tikilgan liboslar vokzal muhitiga iliqlik va estetik uyg‘unlik bag‘ishladi. Mazkur tashabbus orqali milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni kundalik hayotimizga singdirish hamda yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Termiz temir yo‘l vokzali jamoasi esa ushbu ezgu g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, milliy an’analarimizni amalda namoyon etishda faol ishtirok etmoqda. #MilliyLiboslarKuni#TermizVokzali#TemirYol#MilliyQadriyatlar#Juma#Uzbekistan "Termiz MTU" filiali matbuot xizmati Rasmiy sahifalarimiz: 🚉 📱Telegramm |📱Facebook |📱Web|