TON hamyonining Telegram mijoziga integratsiyasi
WebApp-botlari tufayli @wallet xizmati hamyonni Telegram mijozlari investitsiyalariga integratsiyalashni amalga oshirdi.
Endi siz Toncoin kriptovalyutasini foydalanuvchilarga bevosita messenjerdan o‘tkazishingiz mumkin. Uzoq hamyon manzillarisiz, komissiyalarsiz va tranzaksiyani tasdiqlashni kutmasdan.
Avvalroq @tginfoyozganidek, ehtimol, butun veb-bot platformasi TON Coin'ning Telegram bilan integratsiyalashuvi uchun maxsus yaratilgan.
Hamyonni integratsiyalash: t.me/wallet?attach=wallet
TonCoin haqida batafsil: @toncoin_uz
#ton#wallet#kriptovalyuta
💚@TGraphUz | YouTube
#diqqat#hemis#talaba#YAN
❗️Barcha professor-o’qituvchilar va talabalar diqqatiga!
✅ HEMIS AT tizimining oʻqituvchi profilidagi “Yakuniy nazorat” va “Boshqa nazoratlar” menyularidagi “Reyting qaydnomalari”da oʻzgarishlar boʻlishi kutilmoqda.
⚠️ Tizimning endigi chiqariladigan yangi versiyasida (1.4.5) Reyting qaydnomasiga fan boʻyicha talabalarning oʻzlashtirish baholarini bir marta kiritib saqlash masalasi joriy qilinmoqda. Yaʼni bitta qaydnoma bir marta toʻliq toʻldirilib, bir marta saqlanishi mumkin.
🙏 Shuning uchun professor-oʻqituvchilar talabalarning YAN topshiriqlarini toʻliq baholab, barcha talabalar toʻgʻri baholanganiga ishonch hosil qilib keyin tizimning reyting qaydnomasiga kiritishini soʻraymiz.
✅ Talabalardan esa YANgacha bo’lgan barcha nazoratlardan belgilangan baholarni o’zlashtirish hamda YANga o’z vaqtida va tegishli talablarni bajargan holda kirishlari so’raladi.
☄️ Tizimga baholarni kiritish reglament boʻyicha 5 kun ichida faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin. Baholar kiritilib saqlangandan soʻng reyting qaydnomasi toʻliq yopiladi. Yopilgan reyting qaydnomasiga qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirishlarga ruxsat berilmaydi.
➡️ Barcha professor-oʻqituvchilar va talabalarga yetkazing.
👨💻Ps: qoʻshimcha savol, muammo va takliflar boʻyicha @registratorofis_botga murojaat qilishingiz mumkin.
✈️TerDU Registrator ofisi