TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2425 · 4월 28일

#haqiqat#nocomment

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #indeks

当前筛选 #indeks清除筛选
Hududiy vakillik organlari faoliyatini o’rganish markazi

@senat_markazi · Post #900 · 2025. 01. 17. AM 10:03

🇺🇿 🇺🇿 🇺🇿 Bugun Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishida biz uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reytinglarda 2024 yilda mamlakatimiz qayd etgan ko‘rsatkichlarni muhokama qildik. O‘tgan davr mobaynida BMT Taraqqiyot Dasturining Inson kamoloti, Global innovatsiya, Statistika faoliyati samaradorligi indekslari, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron hukumatni rivojlantirish reytingi hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi qator indekslarda mamlakatimiz reytingi ko‘tarilgani kuzatildi. Ayniqsa, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 48 pog‘ona yuqorilab, ayollar huquqlari va gender tenglik sohasida eng katta natijalarga erishgan muhim islohotlarni amalga oshirgan 5 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi. Yig‘ilishda ijobiy natijalarga erishilmagan sohalar ham tahlil qilinib, 2025 yil davomida ustuvor xalqaro reytinglarda mamlakatimiz o‘rnini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar loyihalarini ko‘rib chiqdik. Shuningdek, mamlakatimizning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash to‘g‘risidagi milliy ma’ruza loyihasini hamda ustuvor xalqaro reyting va indekslarga ilmiy-tadqiqot muassasalarini biriktirish masalalarini muhokama qildik. #reyting#indeks @tanzilanarbaeva