TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2442 · 6월 16일

Telegram Premium qanday ko'rinishda bo'ladi Telegram Premium rasmiy e'lon qilinishidan oldin eksklyuziv xususiyatlarini namoyish qiluvchi video paydo bo'ldi. ©️tginfo • 4 GB gacha bo'lgan fayllarni yuklash - Pullik obunachilar messenjer "bulut"iga 4 Gb gacha bo‘lgan katta hajmdagi fayllarni yuklashlari mumkin bo‘ladi. - Obuna boʻlmaganlar 2 GB gacha boʻlgan media fayllarni yuborishlari mumkin boʻladi. - Har bir foydalanuvchi 4 GB gacha bo'lgan fayllarni yuklab olishi mumkin bo'ladi. - Telegram xotirasi hamma uchun cheksiz bo'lib qoladi. • Yuklab olish yuqori tezligi - Media va hujjatlarni yuklab olish tezligida cheklovlar yo'q. - Ilovaning kesh xotirasiga kerakli fayllarni yuklab olish avvalgidan ko'p marta tezroq bo'ladi - bunday yuklashlar uchun yuqori ustuvorlik tufayli. • Ovozli xabarlarni matnga aylantirish - Kiruvchi audioni bir marta bosish bilan suhbatdoshingiz ovozini qulay matn formatiga tarjima qiling. - Tayyor matn xuddi shu pufak ichidagi ovozli xabar ostida ko'rsatiladi. • Reklamalarsiz - Premium egalari ommaviy kanallar tasmasida homiylik ostidagi postlarni ko‘rmaydi. • Profil uchun nishon - Premium abonenti nomi yonida joylashgan o'ziga xos yulduz nishoni uni boshqa foydalanuvchilardan ajratib turadi. • Animatsion avatarlar - Video avatarlarining animatsiyasi nafaqat foydalanuvchi profilini ochishda, balki suhbatlar ro'yxatida va dialog oynalarida ham ko'rsatilishi mumkin. - Premiumga ega bo'lmagan foydalanuvchilar uchun yuqorida ko'rsatilgan holatlarda video avatar oldindan tanlangan ramkada harakatsiz bo'lib qoladi. Batafsil Telegraph-maqolada! Telegram Premiumni xozircha sotib olish ilojsiz. Ushbu videolar esa Yopiq Beta test'dan olingan. #premium#beta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #mnp

当前筛选 #mnp清除筛选
Valisher Botirov | Development

@valisherbotirov · Post #354 · 2026. 04. 06. PM 03:56

Yaqinda telefon raqamimni MNP orqali Ucelldan Uzmobilega o'tkazishga tog'ri keldi. Qulaylik uchun yaratilgan bu imkoniyat yo'lga qo'yilgani yaxshi bo'lgan, lekin hali ko'p serveslarga bunga moslashishmagan ekan. Quyida shular haqida to'xtalib o'tamiz. 1. Ayrim servicelar orada MNP qilingan raqamlarni support qilmasdan qolishi. Natijada ro'yxatdan o'tish, tasdiqlash otp kodlari kelmasdan noqulaylik tug'dirishi. 2. Bank kartalariga ulangan sms xizmatini automatik yangilanmasligi. MNP aktivlashgan vaqting o'zidan barcha bank kartalarim sms xizmati o'chirilib fintech ilovalarda neactive holatga tushib qoldi. Uzcart kartalarda sms xizmatini online yoqish imkoni yo'qligi yana ortiqcha ovoragarchilikga sabab bo'ldi. Uzcart kartalarida sms xizmatni bankamat yordamida hohlagan inson kartasini hohlagan telefon raqamga aktivlashtirish mumkin, hech qanaqa tasdiqlashlarsiz. Xavfsizlik tomonlama hech qanaqa cheklov qo'yilmagan tizimda nega online sms xizmatini yoqish imkoniyatini qo'yishmagan ochig'i tushunarsiz 3. Raqamim ancha oldin olinganligi sabab oila a'zolarim nomiga olingan edi. MNP qildirib bo'lingach o'zimni nomimga rasmiylashtiraman desam afsus MNP qilib o'tgan kompaniya vazifalariga bu kirmas ekan, nomimga o'tkazish uchun yana qayta eski kompaniyaga o'tkazib ariza topshirib 3 oydan keyin o'zimga nomimga rasmiylashtirishim mumkin bo'larkan. Ajoyib a? Raqamli hukumat shaxsni o'zini nomidagi mobile raqam orqali malumotlarni berishni boshlagandan keyin bu narsa ancha muommo bo'ldi. Shundan buyon tizimlarga Mobile ID va OneID bilan kirolmayabman. 20-apreldan bank kartalari ham faqat shaxsni o'zini nomidagi raqamga sms xizmati yoqilishi haqida aytilmoqda, bu korparative raqam ishlatib yurganlar uchun yana ovorogarchiliklarga olib kelinadi 4. Shu jarayonda yana bitta muommoni aytib o'tish kerak. Telefon raqam rasmiylashtirilgan shaxs, o'zini shaxsni tasdiqlovchi hujjatini yangilaganda telefon raqam eskisiga bog'langan holatda qolib ketar ekan. Yangisiga o'tkazish uchun esa eski hujjat malumotlari kerak bo'ladi....) MNP juda kerakli va foydali xizmat. Lekin foydalanuvchi tajribasi nuqtayi nazaridan hali yaxshilanishi kerak bo‘lgan joylari ko‘p ekan. ☑️@valisherbotirov #MNP#UserExperience#DigitalServices#Fintech#Uzbekistan