TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2442 · 6월 16일

Telegram Premium qanday ko'rinishda bo'ladi Telegram Premium rasmiy e'lon qilinishidan oldin eksklyuziv xususiyatlarini namoyish qiluvchi video paydo bo'ldi. ©️tginfo • 4 GB gacha bo'lgan fayllarni yuklash - Pullik obunachilar messenjer "bulut"iga 4 Gb gacha bo‘lgan katta hajmdagi fayllarni yuklashlari mumkin bo‘ladi. - Obuna boʻlmaganlar 2 GB gacha boʻlgan media fayllarni yuborishlari mumkin boʻladi. - Har bir foydalanuvchi 4 GB gacha bo'lgan fayllarni yuklab olishi mumkin bo'ladi. - Telegram xotirasi hamma uchun cheksiz bo'lib qoladi. • Yuklab olish yuqori tezligi - Media va hujjatlarni yuklab olish tezligida cheklovlar yo'q. - Ilovaning kesh xotirasiga kerakli fayllarni yuklab olish avvalgidan ko'p marta tezroq bo'ladi - bunday yuklashlar uchun yuqori ustuvorlik tufayli. • Ovozli xabarlarni matnga aylantirish - Kiruvchi audioni bir marta bosish bilan suhbatdoshingiz ovozini qulay matn formatiga tarjima qiling. - Tayyor matn xuddi shu pufak ichidagi ovozli xabar ostida ko'rsatiladi. • Reklamalarsiz - Premium egalari ommaviy kanallar tasmasida homiylik ostidagi postlarni ko‘rmaydi. • Profil uchun nishon - Premium abonenti nomi yonida joylashgan o'ziga xos yulduz nishoni uni boshqa foydalanuvchilardan ajratib turadi. • Animatsion avatarlar - Video avatarlarining animatsiyasi nafaqat foydalanuvchi profilini ochishda, balki suhbatlar ro'yxatida va dialog oynalarida ham ko'rsatilishi mumkin. - Premiumga ega bo'lmagan foydalanuvchilar uchun yuqorida ko'rsatilgan holatlarda video avatar oldindan tanlangan ramkada harakatsiz bo'lib qoladi. Batafsil Telegraph-maqolada! Telegram Premiumni xozircha sotib olish ilojsiz. Ushbu videolar esa Yopiq Beta test'dan olingan. #premium#beta 💚@TGraphUz | YouTube

결과

3개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #qaa

当前筛选 #qaa清除筛选

Buyuk Britaniya tashkiloti tomonidan grant qo‘lga kiritildi! 💥 “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga Buguk Britaniyaning “Quality Assurance Agency” (QAA) tashkiloti tomonidan grant ajratildi. ✅ Ushbu grant loyihasi universitetimiz professori Gizem Uzuner tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, Buyuk Britaniyaning dunyoda 141-o'rinda turuvchi “Queen Mary” universiteti va Mamun universiteti hamkor hisoblanadi. 💫 Loyiha “Enhancing Student Experience with Learning Analytics” deb nomlanib, uning maqsadi talabalar ta’lim jarayonini chuqurroq tushunishi, akademik yutuqlarini tahlil qilish va yanada samarali o‘qitish usullarini joriy etishga qaratilgan. ⚡️ Kelajakda bundanda yirik yutuqlar qoʻlga kiritilishiga ishonamiz. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #grant#QAA ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Hashtags

Ta'lim sifati har narsadan ustun 🌐 “Yangi O‘zbekiston” universiteti xodimlari Buyuk Britaniyaning QAA (Quality Assurance Agency) agentligi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro sifat nazorati dasturida ishtirok etishdi. 💥 Dastur Londondagi Regents universitetida o‘tkazilib, unda dunyoning 17 ta davlatidan 20 ga yaqin oliygoh vakillari qatnashdi. ✅ Dasturda ta'lim sifatini oshirish borasida nazariy hamda amaliy tajriba ulashildi. ⚡️ Eng faxrlanarlisi universitetimiz xodimlari 17 davlat orasidaneng yaxshi loyiha egasi deb topildi. 🎗 Ushbu yutuq “Yangi O‘zbekiston” universitetida sifatli ta'limni ta'minlash eng asosiy vazifa ekanligini va bu borada salohiyatli kadrlar mavjudligini tasdiqlaydi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #London#QAA ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook

Hashtags

⚡️ “Yangi O‘zbekiston” universiteti diplomi butun dunyoda tan olinadi! ✅ Universitetimiz ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dunyoning yetakchi tashkilotlaridan hisoblanuvchi Buyuk Britaniyaning “Quality Assurance Agency” (QAA) da a’zolikka kiritildi. ☑️ Ushbu agentlikka Kembridj va Edinburg kabi dunyoning eng nufuzli universitetlari ham a’zo bo'lib, kelajakda ta'lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish va bu orqali ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish maqsad qilingan. 💥 Natijada ta’limsifati va bitiruvchilarimizga topshiriladigan diplom dunyoning eng ilg‘or universitetlari bilan mos tarzda bo‘ladi. 🔁English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ #QAA#akkreditatsiya ⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook