✅Telegram 8.8 versiyaga yangilandi
700 million foydalanuvchilar va Telegram Premium
Telegram Premium
• Va'da qilinganidek, Pulli funksiyalar yangi versiyada mavjud. Batafsil ←
• AppStore-da Rossiya uchun narx, avval aytib o'tilganidek, oyiga 449 rublni tashkil etdi.
• O'zbekiston uchun narx xozircha nomalum.
Guruhga qo'shilish so'rovlari
• Ommaviy guruh administratorlari endi qo‘shilish so‘rovini yoqishlari mumkin.
• Guruhga kirishdan oldin foydalanuvchi "Ariza yuborish" tugmasini ko'radi - misol.
• Funksiyani yoqish uchun siz Guruh profili boʻlimiga oʻtishingiz > “Tahrirlash” ni tanlashingiz > “Guruh turi” tugmasini bosishingiz > soʻng “Kim xabar yuborishi mumkin?” > "Faqat a'zolar" ni tanlang > va qo'shilish uchun arizalarni yoqing.
Yaxshilangan "galochka"
• Kanal, guruh yoki bot autentifikatsiyasini tasdiqlovchi ko‘k belgi endi chatning o‘zi ochilganda ham ko‘rsatiladi – misol.
Yaxshilangan botlar
• Dasturchilar endi rasm yoki videoni "Ushbu bot nima qila oladi" bo'limiga qo'shishlari mumkin - misol.
Boshqa yangiliklar
• Suhbatni oldindan ko‘rish yaxshilandi. Endi Android Telegram’da iOS’dagi kabi yozishmalar bo‘ylab harakatlanishingiz mumkin.
• Androidda qo'shimcha ikonkalar.
• Galereyaga rasm va videolarni suxbat turlari bo'yicha avtomatik saqlash funksiyasi qoʻshildi.
• Fayllarni iOSda uchinchi tomon ilovalaridan jo‘natishda endi animatsion yuklab olish paneli ko‘rinadi.
▫️ Emojilar, stikerlar va fon rasmlari bilan animatsion avatar tuzuvchi (hozircha faqat macOS uchun).
▫️ Telegram’ning mobil va kompyuter versiyalari uchun 100 dan ortiq tuzatishlar va yaxshilanishlar: iOS’da yaxshilangan animatsiya silliqligi, Android qo‘ng‘iroqlari sifati.
Bu yangilanish haqida batafsil:
👉🏻 VIDEO | 👉🏻 MAQOLA
📲PlayStore | 📲AppStore |📂APK
#telegram#tgram
💚@TGraphUz | YouTube
Ishga Fokus qaratish qanchalikmuhim?
Bitta ishga fokus qaratish va o'z ustingizda shu sohada rivojlanish, sizni shu ishning mutaxassisi va sohangizning yetuk lideri bo'lishingizga olib keladi.
Ba'zi tadbirkorlar bir sohada muvaffaqiyatga erishib, yaxshi daromad qilishni boshlagandan so'ng yangi bizneslarga asos solishadi. Oqibatda, barcha ishlar chala va rivojlanmay qolaveradi.
Yangi bizneslarga va sohalarga kirishdan oldin, birinchi sohangizni yetuk mutaxassisi bo'lib, tizimlashtiring, so'ngra biznes siz aralashmasangiz ham rivojlanishda davom etsa, yangi sohaga kiritishgiz afzal.
Ishga fokus qaratilmasa, uning samarasi pasayib barbod bo'lishi ehtimoli yuqori.
Jangda 10ming xil usulda urusha oladigan raqibdan ko'ra, bir usulda 10ming marotaba ishlagan jangchidan qo'rqish kerak.
#fokus
Bizning fondimiz qaysi startaplarga sarmoya kiritadi?
🎯 Biz global miqyosda kengayish potentsialiga ega texnologik startaplarga e'tibor qaratamiz.
💰 Fondimiz pre-seed va seed bosqichlarga sarmoya kiritadi va startaplarga keyingi bosqichlardan o'tishga yordam beradi.
#fokus