✅Telegram 8.8 versiyaga yangilandi
700 million foydalanuvchilar va Telegram Premium
Telegram Premium
• Va'da qilinganidek, Pulli funksiyalar yangi versiyada mavjud. Batafsil ←
• AppStore-da Rossiya uchun narx, avval aytib o'tilganidek, oyiga 449 rublni tashkil etdi.
• O'zbekiston uchun narx xozircha nomalum.
Guruhga qo'shilish so'rovlari
• Ommaviy guruh administratorlari endi qo‘shilish so‘rovini yoqishlari mumkin.
• Guruhga kirishdan oldin foydalanuvchi "Ariza yuborish" tugmasini ko'radi - misol.
• Funksiyani yoqish uchun siz Guruh profili boʻlimiga oʻtishingiz > “Tahrirlash” ni tanlashingiz > “Guruh turi” tugmasini bosishingiz > soʻng “Kim xabar yuborishi mumkin?” > "Faqat a'zolar" ni tanlang > va qo'shilish uchun arizalarni yoqing.
Yaxshilangan "galochka"
• Kanal, guruh yoki bot autentifikatsiyasini tasdiqlovchi ko‘k belgi endi chatning o‘zi ochilganda ham ko‘rsatiladi – misol.
Yaxshilangan botlar
• Dasturchilar endi rasm yoki videoni "Ushbu bot nima qila oladi" bo'limiga qo'shishlari mumkin - misol.
Boshqa yangiliklar
• Suhbatni oldindan ko‘rish yaxshilandi. Endi Android Telegram’da iOS’dagi kabi yozishmalar bo‘ylab harakatlanishingiz mumkin.
• Androidda qo'shimcha ikonkalar.
• Galereyaga rasm va videolarni suxbat turlari bo'yicha avtomatik saqlash funksiyasi qoʻshildi.
• Fayllarni iOSda uchinchi tomon ilovalaridan jo‘natishda endi animatsion yuklab olish paneli ko‘rinadi.
▫️ Emojilar, stikerlar va fon rasmlari bilan animatsion avatar tuzuvchi (hozircha faqat macOS uchun).
▫️ Telegram’ning mobil va kompyuter versiyalari uchun 100 dan ortiq tuzatishlar va yaxshilanishlar: iOS’da yaxshilangan animatsiya silliqligi, Android qo‘ng‘iroqlari sifati.
Bu yangilanish haqida batafsil:
👉🏻 VIDEO | 👉🏻 MAQOLA
📲PlayStore | 📲AppStore |📂APK
#telegram#tgram
💚@TGraphUz | YouTube
27 ming so'mga 15 mingdan ortiq premium fayllar
#powerpoint
ℹ️ Biror taqdimotim uchun tayyor shablon kerak bo'lsa birinchilardan bo'lib slidesgo.com ga kiraman va ko'pincha o'zimga kerak narsalarni topaman.
✅ Ushbu saytda yetarlicha bepul fayllar bilan bir qatorda Premium fayllar ham yetarlicha. Premium obunani 27 mingga 1 oyga sotib olish mumkin ekan, lekin 1 oy ichida o'zingizga kerak bo'lgan juda ko'p fayllarni yuklab olishga ham ulgurasiz 😉. Bu saytda taqdimotlardan tashqari yana bir qancha turdagi fayllar ham mavjud.
🔽@ka_pptx - kanalchamizda PowerPoint dasturi uchun bepul shablonlarni jamlab qo'yganmiz (kerak bo'lsa deb eslatdimda)
🤔Slidesgo'dan Premium sotib olasizmi? Sotib olish uchun virtual visa karta ham yetarli )
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIYouTube
Taqdimotga video joylash usullari
#shorts / #powerpoint
ℹ️ Agar taqdimotimizga bir nechta videolarni yuqori sifatli holatda qo'shsak taqdimotni boshqa kompyuterlarda ochishda, taqdimotni internet orqali jo'natishda muammolar kuzatilishi mumkin.
✅ Ushbu noqulayliklarni oldini olish mumkin bo'lgan mohirlikni ushbu videodan olishingiz mumkin.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIInstagramITikTokIYouTube
2 ta mohirlik
#shorts / #powerpoint
ℹ Ushbu videoda 2 ta mohirlikni oʻrganamiz:
1. Zerikarli rasmlar oʻrniga 3D rasmlardan foydalanish
2. Matndan SmartArt obyektlariga oʻtkazish.
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIInstagramITikTokIYouTube
Taqdimotga personaj qo'shish
#shorts / #powerpoint
ℹ️ Ushbu qo'shimcha orqali taqdimotimizni yanada qiziqroq qilishimiz mumkin. Faqat foydalanish paytida me'yorni unutmang!
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIInstagramITikTokIYouTube
Shakllar bilan ishlash bo'yicha "lifehack"
#shorts / #powerpoint
ℹ️ Juda katta mohirlik bo'lmasa ham menimcha ko'pchilik buni bilmagan edi. Yoki siz buni bilarmidingiz 🤨
💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
TelegramIInstagramITikTok