TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← IT news | Tg Bots

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

유사한 콘텐츠 찾기

소스 채널 @phpdevelopersuz · Post #2443 · 6월 20일

✅Telegram 8.8 versiyaga yangilandi 700 million foydalanuvchilar va Telegram Premium Telegram Premium • Va'da qilinganidek, Pulli funksiyalar yangi versiyada mavjud. Batafsil ← • AppStore-da Rossiya uchun narx, avval aytib o'tilganidek, oyiga 449 rublni tashkil etdi. • O'zbekiston uchun narx xozircha nomalum. Guruhga qo'shilish so'rovlari • Ommaviy guruh administratorlari endi qo‘shilish so‘rovini yoqishlari mumkin. • Guruhga kirishdan oldin foydalanuvchi "Ariza yuborish" tugmasini ko'radi - misol. • Funksiyani yoqish uchun siz Guruh profili boʻlimiga oʻtishingiz > “Tahrirlash” ni tanlashingiz > “Guruh turi” tugmasini bosishingiz > soʻng “Kim xabar yuborishi mumkin?” > "Faqat a'zolar" ni tanlang > va qo'shilish uchun arizalarni yoqing. Yaxshilangan "galochka" • Kanal, guruh yoki bot autentifikatsiyasini tasdiqlovchi ko‘k belgi endi chatning o‘zi ochilganda ham ko‘rsatiladi – misol. Yaxshilangan botlar • Dasturchilar endi rasm yoki videoni "Ushbu bot nima qila oladi" bo'limiga qo'shishlari mumkin - misol. Boshqa yangiliklar • Suhbatni oldindan ko‘rish yaxshilandi. Endi Android Telegram’da iOS’dagi kabi yozishmalar bo‘ylab harakatlanishingiz mumkin. • Androidda qo'shimcha ikonkalar. • Galereyaga rasm va videolarni suxbat turlari bo'yicha avtomatik saqlash funksiyasi qoʻshildi. • Fayllarni iOSda uchinchi tomon ilovalaridan jo‘natishda endi animatsion yuklab olish paneli ko‘rinadi. ▫️ Emojilar, stikerlar va fon rasmlari bilan animatsion avatar tuzuvchi (hozircha faqat macOS uchun). ▫️ Telegram’ning mobil va kompyuter versiyalari uchun 100 dan ortiq tuzatishlar va yaxshilanishlar: iOS’da yaxshilangan animatsiya silliqligi, Android qo‘ng‘iroqlari sifati. Bu yangilanish haqida batafsil: 👉🏻 VIDEO | 👉🏻 MAQOLA 📲PlayStore | 📲AppStore |📂APK #telegram#tgram 💚@TGraphUz | YouTube

결과

1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다

검색: #tonsillitis

当前筛选 #tonsillitis清除筛选
Doctor Ziyod 🩺

@doctor_ziyod · Post #357 · 2023. 04. 19. AM 10:01

🍦Томоқ оғриганида музқаймоқ ейиш мумкин. У касалликни кучайтириб юбормайди. Лекин тузатмайди ҳам. Музқаймоқ симптоматик ёрдам берувчи восита сифатида қўлланилади. Оғриқ кучли бўлганида, маҳаллий нерв толаларини музлатиши ҳисобига вақтинча енгиллик бериши мумкин. Шунингдек бир оз яллиғланишни пасайишига олиб келади. Бу таъсири, мисол учун, бодомча безларини олиб ташлаш жарроҳлик амалиётидан кейинги оғриқда синалган ва исботланган. Яна бир фойдаси - томоқ шишиб кетганидан ҳеч нима ея олмаётган беморга керакли калорияларни таъминлаб беради. ☝️Лекин, таркибида шакар (организмда яллиғланишни кучайтиради), сут бўлгани учун (80% ўзбекларда лактаза етишмовчилиги бор), шаҳсан мен музқаймоқни тавсия қилмайман. Ўрнига совуқ сув ёки муз ҳам бўлаверади. Кўп ҳолатларда совуқ ёқмайди ва қайтанга иссиқ ичимликларни ҳоҳлаймиз. Бу ҳолда мажбурлаб музлатиш керак эмас, иссиқ ичимликлар ҳам томоқни ҳолатини яхшилайди. Шунчаки овқат ейиш ҳам оғриқни камайтириши мумкин, чунки сўлак кўпроқ ишлаб чиқарилади, уни таркибида эса оғриқни қолдирувчи наркотик бор. Бу ҳақида мақола чиқарган эдим. 🩺Doctor Ziyod | #cold#tonsillitis#LOR