O'zbekcha STT (Speech-to-Text) uchun benchmarking v1 tayyor! O'zbek tilida nutqni matnga aylantirish bo'yicha dastlabki etalon tizimni yaratdik! Ushbu jarayonda: ✅ Adabiy O'zbek tili ✅ Turli hududiy shevalar ✅ Musiqalar va suhbatlar ✅ Shovqinli audiolar bilan o’zimizni va bozordagi mavjud modellarni sinab ko'rdik. Tez orada natijalarni va benchmarkni e’lon qilamiz, hamda benchmarkni doimiy yangilab borish niyatimiz bor. Benchmark mezonlari: - WER (Word Error Rate) - So’zlar xatolik darajasi. - CER (Character Error Rate) – Harflar xatolik darajasi. Bu nafaqat texnologik rivojlanish, balki O'zbek tilining raqamli muhitda mustahkam o'rin egallashi yo'lida muhim qadamdir. Maqsadimiz – O'zbekcha STT modellarining aniq va sifatli ishlashini ta'minlashdir. Kelajak rejalari: - Test natijalarini batafsil tahlil qilib, modellarni yanada takomillashtirish. O'zbek tili texnologiyalari rivoji uchun birgalikda ishlashda davom etamiz! STT modelimizni @aishaovozbot’da yoki aisha.group’da sinab ko’rishingiz mumkin. #aisha#stt @elzodxon
TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
🌟 PREMIUM OBUNA TUGAGACH NIMA BO'LADI – Bir oy oldin ushbu videoda men Premium obunani sotib olgan edim. Bugun 1 oylik obuna tugadi. Barchasi men kutgan holatda! Premium obuna olganlar maza qilishadi endi!😎 📹 PREMIUM HAQIDA - https://youtu.be/E5qdiseJdw0 👉🏻Premium obuna sotib olish - @SindorAD'da. 👉🏻Savollaringiz bo'lsa - @GraphChat #limitlar#premium 💚@TGraphUz | YouTube
결과
1개의 유사한 게시물이 발견되었습니다
검색: #aisha
当前筛选 #aisha清除筛选